Microsoft Word Материал резина lotin
Vulkanlanish tezligiga tezlashtirgichlarning ta’siri
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulkanizatlarni ekspluatatsion xossalariga tezlashtirgichlarni ta’siri
111 Vulkanlanish tezligiga tezlashtirgichlarning ta’siri. Rezina aralashmadagi tezlashtirgich kalandrda, shpritslashm mashinalarida aralashtirish vaqtida hamda hom holda saqlashda oldinda vulkanlanib ketmasligi kerak. Shu bilan birga u yaxshi dispergilanishi (zarrachalarni kauchukda bir hil taqsimlanishi) hamda vulkanlanishi induksion vaqti o‘zoq, yuqori tezlikda hamda katta vulkallanish platosida bo‘lishini ta’minlashi shart. Odatda rezina aralashmasida podvulkanlanish jarayoni 100 o C va yarim soat aralashtirish davomida ketmagani maqul. Tezlashtirgichlarni ta’sirini kritik harorati bo‘lib, bu ularni samarali parchalanishini ta’minlaydi. Tezlashtirgichlarni disprsiyalanishi yaxshi bo‘lishi uchun sanoatda matochniy aralashma tayyorlanadi (100 mass.q kauchukka 15-20 mass.q tezlashtirgich). Agarda tezlashtirgichlar poroshok holida bo‘lsa, yaxshi dispersiyalanishi uchun kaolin qo‘shib ishlatiladi. Tezlatkichlarning texnologik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Faolligi ,ya’ni zarur fizik-mexanik va texnik ko‘rsatkichga erishish uchun vulkanlanish vaqtini qisqartirish. 2. Tezlatkich ta’sirining kritik harorati va rezina aralashmalarni oldindan vulkanizatsiyalashiga ta’siri. 3. Vulkanlanish platosiga ta’siri: fizik-mexanik ko‘rsatkichlar kattaligiga ta’siri. Vulkanizatlarni ekspluatatsion xossalariga tezlashtirgichlarni ta’siri. Turli tipdagi tezlashtirgichlar kauchuklarni vulkanlanish vaqtida ko‘ndalang bog‘ tabiatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa sezilardi darajada vulkanizatlarni fizik mehanik xossalarini belgilaydi. Bu holatda kerakli tezlashtirgichlarni va ularni miqdorini tanlash vulkanizatni cho‘zilish va uzilishdagi kuchlanishlarni ma’lum oralig‘ida o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga ular vulkanizatlarni mustahkamlik, dinamik xossalari hamda issiqbardoshlik xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Tezlashtirgichlar tanlashda, ular rezina aralashmalarini oldindan ishlov berish vaqtida parchalanmasligi kerak, vulkanlanish jarayonida esa engil uchuvchi mahsulotlarni hosil qilmasligiga e’tibor berish lozim. Ayniqsa tibbiyotda, maishiy va 112 oziq ovqat sanoati uchun materiallar ishlab chiqarishda hidi, ta’mi va rezinani rangi hamda oqarib ketmasigi kabi xususiyatlariga qarash lozim. Faolligi jihatdan tezlatkichlar: ultira tezlatkichlar, yuqori, o‘rta va qiyin tezlatkichlarga bo‘linadi. Tabiiy kauchukni ultira faol tezlatkich bilan vulkanizatsiyalash 140-150 o C da 5-10 minut davom etadi. Yuqori faol tezlatkichlar tiozol, altaks bilan 10-30 minut. O‘rta faol tezlatkichlar guanidinlar bilan 30-60 min. davom etish mumkun. Tezlatkich ta’sirining kritik harorati - tezlatkich bu haroratdan keyin o‘z faolligini namoyon qiladi. Eng kichik kritik harorat o‘ramda 105 o C dan, eng yuqori kritik haroratga al’taks ega 126 o C. Tezlatkichlarni vulkanizatsiya platosiga ta’siri kauchukni turiga, rezina aralashmadagi miqdoriga, to‘ldiruvchilar miqdori va boshqa faktorlarga bog‘liq. Organik tezlashtirgichlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ditiokarbamat, tiruramsulfidi, tiozol, sulfenamid, guanidin, aldegid va aminlar kondensatsiya mahsuloti, ksantogennatlar, tiomochevina hosilalari, maxsus tezlashtirgichlar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling