Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
Tiuramsulfidlar. Quyidagi tuzilishli formula ega bo‘lib, bu erda R’ va R’’ –
uglevodorodlar radikali; n- 1,2,4. Ular mono, di va tetra bo‘lishi mumkin. Ushbu turdagi tezlashtirgichlar oltingugurt bilan vulkanlanishi 110 o С atrofida olib boriladi. Ular kauchukda yaxshi eriydi. Ular odatda 130-160 o С vulkanlanadi. Tiuram monosulfidlar fozgen va natriy ditiokarbamat ta’sirlashib olinsa, disulfid va tetrasulfidlar esa, natriy ditiokarbamatni sulfat kislota ishtirokida azot oksidi bilan oksidlab olinadi. Ularning reaksiya mexanizmi quyidagicha: 114 Bu turdagi tezlashtirgichlar juda faol tezlashtirgichlarga kirib, oltingugurt bilan kirishib vulkanlanish jarayonida kritik harorat 110 o С. Rezina aralashmalarni qayta ishlashda tezlashtirgich sifatida sifatida tiuram qo‘llanilsa, ditiokarbamatdan sustroq bo‘lsa ham ular podvulkanlanishga juda moildir. Ammo di va tetra sulfid tiuramlar podvulkanlanishga chidamliligi monosulfidtiuramdan pastroq, deyarli induksion vaqt ularda bo‘lmaydi. Vulkanlanish jarayoni 140 o С dan pastroq bo‘lganda vulkanlanish platasi juda keng intervalda bo‘ladi. Ularni asosan rux va kadimiy oksidi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Boshqa oksidlar esa deyarli ularni aktivlashtirmaydi. Ular asosida olingan vulkanizatlar issiqlik ta’sirida qarishiga chidamlidir. Tiuramsulfid va oltingugurt bilan kauchukni vulkallanishida turli sulfid guruhlari mavjud vulkanizatlar hosil bo‘lib, ularning mexanik va dinamik xossalari juda yaxshi bo‘ladi. Ular har qanday muhit uchun qo‘llash imkoniyatini beradi. Odatda rezina aralashmalar 0,3 dan 1,5 mass q. gacha qo‘shiladi hamda ebonit olishda ham ishlatiladi. Agarda butilkauchukli va SKEP kauchuk asosli rezina aralashmalarini vulkanlanganda aksariyat holda tiuram bilan tiozol ham qo‘shib ishlatiladi. Bu esa vulkanlanish jarayonini rostlab beradi. Tiuram parchalana boshlab aktiv radikallar hosil qiladi. Ushbu radikallar -metilen guruh yoki kauchuk makromolekulasidagi qo‘shbog‘ bilan ta’sirlashib S-S ko’ndalang bog‘larning hosil bo‘lishiga olib keladi. 115 Shu bilan birga agarda tetrasulfidlar qo‘llanilsa, parchalanishi natijasida di yoki tera sulfid yon bog‘lari ham hosil bo‘ladi. Ushbu tezlashtirgichlarni oltingugurtsiz vulkanlanganda jarayonni 130-160 o C olib boriladi. Tiuramni miqdori ortishi bilan oltingugurt miqdori kamayadi (retsepturada 2,5-3,5 mass.q gacha qo‘shish mumkin). Agarda oltingururtsiz vulkanlansa hosil bo‘lagn rezinani issiqlikbardoshligi, ortiqcha deformatsiyalilik va issiqlik ta’siriga chidamliligi ortib ketadi, ammo oltingugurt bilan vulkanlangan rezinani ko‘rsatgichlari 25% yuqori bo‘ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling