Microsoft Word Материал резина lotin
Faollashtiruvchi agentlar (Aktivatorlar)
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
3.3. Faollashtiruvchi agentlar (Aktivatorlar)
Vulkanlanish aktivatorlari (faollashtiruvchi). Faollashtirgichlar vulkanizatlarda ko‘ndalang bog‘lar hosil qilish bilan strukturasini yaratadi va cho‘zilishdagi mustahkamligi va yirtilishga qarshiligini oshiradi. Vulkanizatsiyalash jarayonini tezlashtiruvchilari ayrim metallarning oksidlari ishtiroqida yuqori faollik kursatadi: ( qo‘rg‘oshin, magniy, kalsiy, rux, kadmiy) – bu moddalar vulkanlanish jarayonini faollashtiruvchilari deb ataladi. Faollashtiruvchilar rezinaning cho‘zilishga va uzilishga qarshiligini oshiradi, chunki vulkanizatlar tuzilishida ko‘ndalang bog‘larni xosil bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘pincha 120 faollashtiruvchi sifatida rux oksidi qo‘llaniladi (kauchuk massasidan 5% miqdorigacha). Yog‘li kislotalar (muhitida) qatnashganida metallar oksidlari eng samarali ta’sir o‘tkazadi. Stearin, olein, palmetin va boshqa kislotolar – ikkilamchi faollashtiruchilar deb nomlagan. Ishqorli tezlatgichlar qo‘llanilganida, masalan DFG 1-2% moyli kislota etarli, nordon tezlatgichlar qo‘llanilganida esa (kaptaks) va neytral (tiuram) bo‘lsa 2-4% moyli kislota etarli. Moyli kislotalarning ta’siri shunga asoslanganki, vulkanizatsiya haroratida ular metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi va kauchukda eriydigan tuzga o‘xshash mahsulot paydo qilishadi. SHu bilan rezina qorishmasida faollashtiruvchilarning bir tekisroq taqsimlanishi ta’minlanadi va tezlatgichlar, kauchuk va boshqa rezina qorishmasi ingredientlari bilan osonroq reaksiyaga kirishadi. Rezina aralashtirgich tarkibida choklanish darajasi ortishi va qo‘ndalang sulfid bog‘larini kamayishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Astivatorlar polisulfid yonboshilar bilan ta’sirlashi kauchuk va sulfid kauchugini hosil qiladi va keyinchalik ushbu polisulfidlarni oksid yuzasiga sorbsiyalanishi natijasida ko‘ndalang bog‘larni hosil bo‘lishini osonlashtiradi. Shu bilan birga oksid aktivatorlar kauchukda hosil bo‘luvchi til guruhlari bilan ta’sirlashib, yana qo‘shimcha qo‘ndalang bog‘larni hosil qilishiga olib keladi. Aktivatorlar tezlashtirgichlarni ikkilamchi reaksiyalarida ham ishtirok etadi. Masalan, kauchukni tiuram bilan vulkanlanganda (oksidsiz) ditiokarbamin kislota hosil bo‘lib, keyinchalik u uglerod sulfid va dimtilaminga parchalanadi. 121 Bular esa kauchuklarda oksidlani jarayonini faollashtirib, vulkanlanish effektini kamaytiradi. Shu jarayonda turli oksidlarni qo‘shilishi ditiokarbamin kislotasi bilan mustahkam tuz hosil qilib, kelgusida kauchukdagi oksidlanish destruksiyasini kamaytirib vulkanlanish effektini oshiradi Vulkanlanish jarayonini tezlashtiruvchi organik moddalarning faollashtirish qobiliyatiga metall oksidlaridan tashkari, bir qancha organik asoslar xam mavjud, ular qatoriga trietanolamin va uni tuzlari, uratropin va DFG kiradi [11,12]. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Vulkanlash aktivatori, aktivatsiya, aktiv markazlar, domenatsiya, turlari, ta’sir mexanizmi, qo‘shbog‘lar TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Vulkanlash aktivatorlarining vulkanlash jarayonidagi mohiyati va vazifasi. 2. Vulkanlash aktivatorlarini turlari. 3. Metal oksidlarining aktivatorlik qobiliyati. 4. Rux oksidining tuzilishi va vulkanlash jarayoniga ta’siri. 5. Magniy oksidini tuzilishi, vulkanlash jarayoniga ta’siri. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling