Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noorganik to‘ldiruvchilar
Organik to‘ldiruvchilar. Texnik uglerod. (Qurum, saja) Keng tarqalgan kuchaytiruvchi to‘ldiruvchilarga texnik uglerod kiradi (uglerodnaya saja - qurum, qorakuya). Xozirda texnik uglerod rezina sanoatida o‘rni beqiyoski, deyarli 90% buyumlarda tex uglerod, saja qo‘llaniladi.Texnik uglerodni rezina qorishmasiga kiritilsa uning rezinani mustaxkamligi oshadi, ishqalanishga, edirilishga qarshiligi ko‘chayadi. Texnik uglerod — bu juda mayda poroshok xolatidagi moddadir. U ugleroddan tuzilgan va uglevodorodlarni yoqish usuli bilan olinadi. Sajalarni olinadigan rezina texnik maxsulot turiga, qaerda qanday muxitda ishlatiliishi qarab bir necha turlarga bo‘linadi va shunga qarab turli usullarda olinadi. Texnik uglerodni quyidagi markalari mavjud: DG- 100, PM - 50, PM - 75, PM - 50, PM- 100, PGM – 33. Berilgan markalardagi qisqartmalar-D-diffuzion, G-gazni chala yoqishdan olinadi, P-pechkada olinadi, M-moydan, moy ishtirokida ma’nolarini beradi. Diffuzion usulda uglevodorod gaz yoki uning moy bilan aralashmasi tirqishli garelkadan chala yoqilib qurum xolatiga keltiriladi. Pechnoy usulda aromatik uglevodorodlar moylar maxsus pech reaktorlarda tabiiy gaz bilan aralashtirilib chala yoqilishi xisobiga olinadi. Qurum engil bo‘lib, zichligi 1,80-1,90g/gm3, tor dispersli zarrachalar o‘lchami 28-240 mmk kuchaytirgich xisoblanadi. 142 Keyingi yillarda to‘ldirgichlar sifatida organik moddalar ishlatilmoqda, xar xil turdagi qurumlar lignin va ko‘pgina yuqori polimerli plastik materiallar: stirol polimeri, poliizobutilen, polietileni xamda qutubli kauchuklar uchun -formaldegid, epoksidli, polivinilxlorid va boshqa smolalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Noorganik to‘ldiruvchilar. Noorganik to‘ldiruvchilarni kelib chekishi tabiiy bo‘lgan minerallar-mel (CaCO 3 ), kaolin (Al 2 O 3 2SuO 2 2H 2 O) va x.k., hamda sintetik mineral to‘ldirgichlar -kolloidli kremniy kislota, metallar oksidlari va silikatlar kiradi. Rezina xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan to‘ldiruvchilar - inert deb ataladi. Rezina qorishmalar tarkibiga inert to‘ldirgichlarni kiritish ularni texnologik xossalarini yaxshilaydi, hajmini va rezinani agressiv muhitga chidamliligini 143 oshiradi. Inert to‘ldirgichlar rezinalarning fizik-mexanik xossalariga ta’sir qilmaydi. Mel - tabiiy bo‘r SaSO z iborat bo‘lib, uning tarkibiga 97-99% qo‘shimcha aralashmalar ,ya’ni Fe 2 0 3 , A1 2 O 3 va qum kiradi. Bo‘rni mustahkamligi 2,69- 2,86 g/m. Zarrachalarni tuzilishi qanday ishlab chiqarishga bog‘liq. Bo‘r to‘ldiruvchi sifatida rezina qorishmasi tarkibiga qo‘shilib, ularni texnologik xossasini yaxshilaydi, hajmini oshiradi va tan narxini kamaytiradi. Gips—tabiatda juda keng tarqalgan CaS0 4 *2H 2 0. Uni 130°C qizdirilganda gips 2CaS0 4 *H 2 0 xolatiga o‘tadi. Gipsni qo‘llanilishda vulkanlash jarayonida hosil bo‘lgan suvni o‘ziga tortib oladi va rezinani yanad amustaxkamligini oshiradi. Barit - tabiatda BaS0 4 qo‘shimcha sifatida temir va qo‘rg‘oshin qo‘shiladi. Mustaxkamligi 3,95-4,5 g/sm 3 , zichligi 4,45 – 4,53 g/sm 3 . Rezina qorishmada barit inert to‘ldirgich sifatida qo‘llanilib, rezinani kislotali va ishqoriy muxitga chidamliligini oshiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling