Microsoft Word Материал резина lotin


Xloropren kauchuklarini qayta ishlashi va qo‘llanilishini


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Xloropren kauchuklarini qayta ishlashi va qo‘llanilishini. Xloropren 
kauchuklarini qayta ishlash odatdagi rezina sanoati jihozlarida amalga oshiriladi. 
SHundaybo‘lsa ham ayrim qayta ishlashdagi jihatlarga e’tibor berish kerak bo‘ladi. 


161 
Bunda rezina aralashmalar tayyorlash harorati muhim bo‘lib, u imkon qadar 
past bo‘lishi lozim. Tezlatkichsiz asos aralashma tayyorlanayotganda harorat 130
о 
С dan oshmasligi kerak. Haroratni oshishi oldindan vulkanizatsiyaga turg‘inligini 
kamaytiradi. 
Valslash. XKni qayta ishlashda uncha katta bo‘lmagan friksiyaga ega 
bo‘lgan (1:1dan 1:1,2gacha) va issiqlik hosil bo‘lishi ehtimoli kam bo‘lgan 
valslarda ishlov beriladi. Valslarda XK asosida aralashma tayyorlashda uni 
valoklarning kichik oralig‘idan o‘tkaziladi va valokka qoplangandan so‘ng 
valoklar oralig‘i kattalashtiriladi. Bundan so‘ng aralashmaga magniy oksidi va 
protivostaritel qo‘shiladi, keyinchalik aktiv to‘ldiruvchi bir qismi va stearin kislota 
qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Aktiv to‘ldiruvchining qolgan qismi biroz 
vaqtdan so‘ng plastifikator bilan birga qo‘shiladi. So‘ngra rux oksidi va tezlatkich 
qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma antiadgeziv suv 
vannasida sovutiladi. 
XK asosidagi rezinotexnik buyumlarni eng ko‘p qo‘llaydigan soha kabel va 
qo‘rilish sohalaridir. XK tranport 
yor lentalar, yassi va ponasimon tasmalar, 
bosim bardosh rukavalar, prokladkalar, rezina surkalgan matolar, avtodetallar va 
boshqalar tayyorlanadi. Elektrotexnika sanoatida qo‘llanilishig asosiy turtki, olov 
bardoshligi va atmosfera ta’siriga turg‘unligi. XK adgezivlar, germetiklar va 
qurilishdagi g‘ovakli buyumlar uchun qo‘llaniladi. 


162 
XKning alohida tuzilishga egaligi bois kimyoviy apparatlar, reaktorlarni 
kislota, ishqor, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhit ta’sirlaridan himoyalashda 
keng qo‘llaniladi. Olovga bardoshligi tufayli polixloropren kauchuklari erosti 
konchilik ishlarida konveyer lenta tayyorlashda ishlatiladi. 
Polixloroprennng suvli dispress latekslari to‘qilgan sellyuloza materiallari 
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, ya’ni yong‘in rukavalari matolari, sun’iy teri, 
adgezivlar, bo‘yoq va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling