Microsoft Word Материал резина lotin
Siloksan kauchuklarining qo‘llanilishi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyiladigan uretan kauchuklar.
Siloksan kauchuklarining qo‘llanilishi. Siloksan kauchugi asosidagi
rezinalardan tayyorlangan buyumlar sanoatning turli sohalarida keng qo‘llaniladi, jumladan, tibbiy va boshqa maqsaddagi buyumlar uchun. Radiotexnika, elektronika va kabel sanoatida qattiq siloksan kauchugi asosidagi rezinalar, generatorlar, motorlar va kabel simlarini izolyasialash uchun qo‘llaniladi. Asbobsozlikda ular aniq o‘lchovchi uskunalarni tebranish (vibratsiya)dan himoya qilish uchun amortizator sifatida qo‘llaniladi. Siloksan kauchugining yuqori dielektrik hossasi, termo va sovuq bardoshligi, gidrofobligi o‘ta juda og‘ir sharoitda ishlovchi uskunalar kabel va simlarini himoya qilishda qo‘llaniladi. Xlorda qotuvchi suyuq siloksan polimerlari turli qolip quyuvchi, germetiklovchi materiallar asosi bo‘lib, detall va murakkab konfiguratsiyali profillarni issiqdan, namdan, tebranishdan himoyalovchi asosiy material hisoblanadi. Kemasozik, aviasozlik, avtomobilsozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida siloksan asosidagi rezinalar tebranishdan himoyalovchi prokladkalar, diafragmalar, halqalar, havo tuynuklari, muzlashdan himoyalovchi va murakkab iqlim sharoitida ishlovchi detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Siloksan kauchugi asosidagi rezinalardan sovuqbardosh prokladkalar, amortizatorlar, sovutkichlar texnikasi va koinot(kosmos) texnikasida qo‘llaniladi. Uretan kauchuklar. Ishlov berish usuliga ko‘ra uretan kauchuk quyiladigan(reaksion qobiliyatli suyuq xolatdagi aralashmalarni ochiq yoki yopiq qoliplarga quyish) kachuklar va valslanib ishlov beriladigan kauchuklarga bo‘linadi. Quyiladigan uretan kauchuklar. Hozirzi zamon rezina sanoati qattiq kauchuklarni qayta ishlashga asoslangan bo‘lib energiya sarfi, ko‘p bosqichligi va yuqori mexnat sarfi bilan xarakterlanadi. Rezina sanoatini rivojlantirishning samarali yo‘llaridan biri rezina texnik buyumlar tayyorlashda keyinchalik qotadigan suyuq kauchuklardan foydalanishdir. Bunga misol uretan kauchugi 165 asosidagi rezina texnik buyumlar tayyorlashdir. Bu usuldagi RTB olishda qoliplar alyumin qotishmalardan yoki ayrim xollarda plastmassalardan ham tayyorlanishi mumkinki, bu boshlangich sarf xarajatlarni kamaytiradi. GFR si “Bayer” firmasining turli agresiv va mexanik sharoitlarga bardosh Vulkollan materiali quyish bilan buyum olishga misol bo‘la oladi. Quyish usuli bilan ko‘p buyumlar, jumladan avtomobil, temir yo‘l transporti, tog‘ kon sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, engil sanoat va sport buyumlarida foydalanish mumkin. Bundan tashqari ayrim bemor insonga protezlar tayorlashda, changi botinkalari tayyorlashda , qurilmalarga qoplama sifatida xam qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling