Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

3.7. To‘ldirgichlar 
Polimer materiallarning xossalarini modifikatsiya qilishning eng samarali 
usullaridan biri bu ularni to‘ldirish usuli hisoblanadi.
To‘ldirgichlar qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin. Rezina 
mahsulotini yana ham sifatli va egiluvchanli bo‘lishi uchun faqatgina kauchuk 
yordamida emas, balki boshqa xar xil ingredientlar yordamida hosil qilsa bo‘ladi. 
Ingredientlar yordamida rezinaning fizik va mexanik xossasi uning mustahkamligi, 
egiluvchanligi yana xam ortadi.Rezina-texnika maxsulotlari faqatgina kauchukdan 
emas, balki metall sim, tekstil matolar va boshqa bog‘lovchi materiallardan 
tayyorlanadi.
To‘ldiruvchilar qo‘shilishi rezina qorishmasini texnologik va fizik-mexanik 
xossalarini yaxshilaydi hamda qorishmani xajmini oshiradi, ya’ni tannarxini 
kamaytiradi, bundan tashqari to‘ldiruvchilar aralashmaning rangini o‘zgartirishga 
ishlatiladi. 
To‘ldiruvchining ta’siri ko‘pgina omilarga bog‘liq - zarrachalarning shakli 
va kattaligiga, kauchuk bilan o‘zaro ta’sir xossalariga, kauchuk muhitida 
zarrachalarning o‘zaro ta’siriga,to‘ldiruvchining miqdori va hokazolar. 
Aralashmaga to‘ldiruvchi qo‘shilganda ular orasida adsorbsion, ba’zi hollarda 
kimyoviy bog‘lanishlar bo‘ladi. Bu jarayon kauchuk va to‘ldiruvchining 
to‘qnashish sirti kengligiga bog‘liq, ya’ni to‘ldiruvchining zarrachalari qanchalik 
mayda bo‘lsa shunchalik to‘qnashish yuzasi keng va katta bo‘ladi.Fazalar 
chegarasidagi adsorbsion va kimyoviy jarayonlar kauchuk va to‘ldirgichni tabiati, 
to‘ldirgichni sirti xossalariga, quyi molekulyar moddalar borligi xamda 
to‘ldirgichini kauchuk polimeri bilan aralashtirish sharoitiga bog‘liq. 
To‘ldiruvchini qo‘shish, rezina aralashmani amalda xamma xususiyatini 
o‘zgartiradi.
To‘ldirgichlar olinishi jihatdan ikkiga bo‘linadi – noorganik va organik,
rezinalarning xossalariga ta’siri bo‘yicha inert, yarim faol va faol to‘ldirgichlarga 
bo‘linadi.


141 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling