Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Eskirishga 
qarshi 
qo‘shimchalar
Oksidlanish 
jarayonnini 
sekinlashtiruvchi reaksiya mexanizmiga ko‘ra 2 xil usul bilan ingibitorlanadi. 
Shunga ko‘ra eskirishiga qarshi (stablizator, ingibitorlar, antioksidantlar) moddalar 
ikkita katta usulga bo‘linadi: eskirishga qarshi, initsirlashni ingibirlovchi 
(gidroperoksidlarni parchalashi hisobiga ,ya’ni nurni yutishi hisobiga metall ionlar
dezaktivlanib) va zanjirni uzilishi. 
Ularning faolligi tuzilishiga ham bog‘liq. Masalan merkaptan, sulfid, 
ditioarbmat, bitiofosfatlar va boshqalar gidroperoksidalr bilan ta’sirlashib nofaol 
qo‘shimcha mahsulotlar hosil qiladi va buning natijasida oksidlanish jarayonini 
ingibirlaydi. 
Eskirishiga qarshi moddlarni tanlash bir necha faktorlarga bog‘liq: polimer 
tabiati, uning tozalik darajasi va qo‘shimchaning tabiati (masalan o‘zgaruvchan 
valentli metall), kauchukni olish sharoiti, eskirishga qarshi moddaning kauchukda 
erish darajasi, toksikligi va narxi. Ularga eng asosiy talab – kauchukni olish 
jarayonida eskirishga qarshi moddalar gidrolizga uchramasligi hamda eruvchi 
tuzlar sifatida kauchukdan ajralib chiqmasligi kerak. Chunki moddaning 


127 
kauchukda eruvchanligi katta ahamiyatga ega bo‘lib, qayta ishlash vaqtida 
migratsiya (rezina yuzasiga chiqish) qilishni boshlaydi. Buning uchun ularning 
fizik-kimyoviy 
xossalarini, 
quritish 
sharoitlarini, 
uchuvchanli, 
rezina 
aralashmasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi (podvulkanlanishga moyilmi yoki yo‘qmi), 
vulkanizatni texnik xossalariga ta’siri haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi shart. 
Eskirishga qarshi moddalarni yana bir asosiy xossalari bu rezinani qarishi 
jarayonida rangini o‘zgarish holatidir. SHuning uchun ular buyalanadigan va 
buyalmaydigan turlarga bo‘linadi.
Eskirishga qarshi qo‘llaniladigan ingredientlarning optimal miqdori rezina-
texnik mahsulotlarini ekspluatatsiya sharoitlariga bog‘liq va kauchukni tarkibidagi 
ularni miqdori 1-2% ni tashkil qiladi. Rezina qorishmasi tarkibida esa 0,5dan- 5% 
gacha bo‘lishi mumkin. 
Sanoatda kauchuklar uchun eng tez tarqalgan eskirishga qarshi moddalar 
bu – fenol o‘rindoshlari va aromatik aminlar.
Aminlar. Eskirishga qarshi modda sifatida aminlar qo‘llanilganda, 
giroperoksid parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan polimer radikali bilan 
ta’sirlashishi hisobiga (amindagi vodorod bilan) uzilgan radikalni barqarorlaydi. 
Aminlarni eskirishga qarshi modda sifatida ta’sirini o‘rganish natijasida shu 
ma’lum bo‘ldi-ki, (masalan fenil-
-naftilamin (I), -metilfenil--naftilamin (II) va 
uchlamchi metilfenil-
-naftilamin) -holatdagi va amino guruhdagini 
vodorodbilan almashishi ingibitorlik faoliligini kamaytirib yuboradi. 
Deyarli barcha aminlar eskirishiga qarshi sifatida qo‘llaniladi, faqatgina 
rangli rezina materiallari ishlab chiqarishda foydalanilmaydi. Sanoatda ko‘proq 
ikkilamchi aminlar qo‘llaniladi. Ular: n-Oksidifenilamin (definam O), fenil-
-


128 
naftilamin (neozon A), fenil-
-naftilamin (neozon D), N,N’-difenil-n-
fenilendiamin (nonoks, diafen-FF) va boshqa v turdagi fenilaminlar ishlatiladi.
n-Oksidifenilamin (definam O) – oq ranli kristall poroshok bo‘lib, 
molekulyar massasi 185, suyuqlanish harorati 74
o
C; fenil-
-naftilamin (neozon A) 
– kulrang poroshok bo‘lib, molekulyar massasi 219, suyuqlanish harorati 62
o
C, 
zichligi 1160-1210 kg/m
3
; fenil-
-naftilamin (neozon D)-och kulrang poroshok 
bo‘lib, molekulyar massasi 219, suyuqlanish harorati 108
o
C, zichligi-1150-1230 
kg/m
3
; N,N’-difenil-n-fenilendiamin (nonoks, diafen-FF) – to‘q kulrang poroshok 
bo‘lib, molekulyar massasi 260, suyuqlanish harorati 152
o
C (toza), zichligi 1200-
1280 kg/m
3
.
Ikkilamchi aminlar kauchukni quruq va eritma holidayam molekulyar 
kislorod bilan oksidlamaydi, ammo kauchuk peroksidlari bilan issiqlik qarish 
jarayoni va dinamik ishlashda (zanjirni uzilishini hosil qilishi) mobaynida 
oksidlanadi. Yuqorida keltirilga aminlar qayta ishlash davomida 90% sarflanadi. 
Bunda faqatgina NH guruh miqdori o‘zgaradi, rezinada umumiy azot miqdori 
o‘zgarmaydi.
Masalan, fenil-
-naftilamin buqlovchi stabilzator sifatida qo‘llaniladi (0,5 
dan 1,5% gacha qo‘shiladi.am 
Bu jarayon kauchuklarga quyidagilarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi: 
- nur yutuvchilar
- metallar dezaktivatori; 
- antioksidantlar. 
Ikkita antioksidantni o‘zaro birgalikda qo‘llash, ularning ta’sir qilishini 
oshirib sinergizm hodisasini keltirib chiqaradi.


129 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling