Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Texnologik xossalari. Bu turdagi kauchuklarni texnologik xossalariga 
plastoelastik xossalari katta ta’sir ko‘rsatadi, u esa kauchukni o‘rtacha 
makromolekular massasiga bog‘liq. 
Ushbu kauchuklar plastikatsiya jarayonida mexanik va termooksidlanishga 
chidamli. Muni bo‘yicha qovushqoqligi 30 dan 80 gacha bo‘lib, oddiy 
aralashtirgichda ham turli ingredientlar bilan yaxshi kirishishadi. Ularning 
kamchiligi: elimlanish kuchi juda past va natijada ko‘p qatlamli rezina texnik 
buyumlr olishda qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Vulkanlanishi. Ushbu kauchuklar vulkanlanish jarayonida uchlamchi 
to‘rsimon tuzilishni hosil qiladi va ular peroksidlar (benzoil peroksidi, dikumil 
peroksidi) bilan tikiladi. Vulkanlanish 150-180
o
С da 10-60 minut davomida 
amalga oshiriladi. 


62 
2.3.4-Jadvalda SKEP kauchuklarning standart retsepturalari keltirilgan: 
Ko‘shimchalar nomi 
Miqdori mass.qism 
SKEP 
SKEPT 
Kauchuk
100,0 
100,0 
Oltingugurt
0,40 
2,0 
Dikumil peroksidi 
3,0 

Tetrametiltiruamdisulfid 

1,5 
Merkaptobenztiozol 

0,5 
Rux oksidi 
3,0 
5,0 
Stearin kislota 

1,0 
Texnik uglerod PM-75 
50,0 
50,0 
Cho‘zilishdagi mustaxkamlik, MPa – 18 (SKEP-30) va 18 (SKEPT-30) 
Nisbiy chuzilish, % kammas – 400 (SKEP-30) va 350 (SKEPT-30) 
Vulkanizatlar xossalari
To‘ldirilmagan SKEP kauchuklar past 
mustahkamlikka ega (cho‘zilishdagi mustahkamlik 2-3 MPa). Zanjirda 
to‘yinmagan bog‘lari bo‘lmagani uchun ozon, qarishga va agrssiv muhitga (kislota 
va ishqor) chidamlidir. SHu bilan birga bo‘kishga, dielektrik xossalari 
yaxshiligidan kabel va elektrizolyasion materiallar olishda qo‘llaniladi. SKEP butil 
kauchuk bilan yaxshi vulkanlanib texnologik xossalari (issiqbardoshlik, 
sovuqbardoshlik) yaxshi bo‘lgan buyumlar olishga erishiladi.
SKEPT kauchuklariga 30 mass.q. to‘yinmagan kauchuklar (TK, SKI, SKN, 
SKS) qo‘shilishi ozondan yorilishga chidamliligini oshiradi, ammo mustahkamlik 
xossasi kamayadi. Bunga sabab qo‘shilgan kachuklar to‘liq yaxshi 
sovulkanlamasligidandir. 
Ushbu turdagi kauchuklarning yana bir kamchiligi metall va mato bilan 
yaxshi mustahkam bog‘ hosil qilmaydi.
Qo‘llanilishi. Ulardan asosan agressiv muhitga chidamli (150
o
С) englar, 
konveyer tasma, shakllanadigan va shakllanmaydigan mashina detallari, izolyasion 
kabellar olishda qo‘llaniladi. Ushbu kauchuklarning yopishqoqligi va boshqa 
turdagi kauchuklar bilan kirishishmasligi qo‘llash imkoniyatlarini cheklaydi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling