Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Akrilat kauchuklari 
Akrilat kauchuklar asosidagi rezinalar turli avtomobil moylari bilan 
ta’sirlashadigan buyum va detallarda qo‘llaniladi. Bu kabi moylarda 150
о
С 
haroratda uzoq muddat elastikligi va ish qobiliyatini saqlab qoladi. 
Ayni holatda butadien-nitril kauchuklar asosidagi rezinalar 1 sutkadan keyin 
sinuvchan holatga keladi. Akril kauchuklar (AK) asosan avtomobil sanoatida turli 


171 
zichlovchi xalqalar, trubka- naychalar, turli prokladkalar va boshqalar tayyorlashda 
qo‘llaniladi. 
Polifosfazen kauchuklari va ftor saqlovchi nitrozoelastomerlar 
Polifosfazen elastomerlari o‘ta noyob hisoblanadi. Polifosfazenlar- 
poluneorganik elastomerlar birinchi turi bo‘lib polisiloksanlardan keyin yaratilgan. 
Ularning farqli jihatlari asosiy zanjirda azot atomi bilan bog‘langan fosfor atomi 
mavjudligi. Fosfor o‘rindoshlarini o‘zgartirish yo‘li bilan polimer xossalarini 
boshqarish mumkin. 
Polifosfazen elastomerlari- kam qo‘llaniladigan tor maqsaddagi polimerlar 
bo‘lib, harbiy, aerokosmik, neft – gaz, mashinasozligida, tibbiyotda, energetika 
sanoatida mas’uliyatli muhim detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Ftorsaqlovchi nitrozoelastomerlari 
Nitrozoelastomerlari- triftornitrozometan CF
3
NO bilan tetraftoretilenning C
2
F
4
ekvimol nisbatdagi sopolimerizatsiyasi orqali olinadi. Bu polimer chiziqli 
strukturaga ega. 
200
o
С haroratda 20 soat qizdirilganda massasi o‘zgarmas bo‘lib, polimer 
shaffof va yonmaydi. Bu turdagi polimerdagi vulkanlash sistemasi trietilentetramin 
va geksametilendiaminokarbamatning kombinatsiyasi hisoblanadi. 
Nitrozoelastomerlar o‘ta yuqori kimyoviy turg‘unligi bilan ftor kauchuklaridan 
ustun.
 


172 
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Qo‘llanilishi, texnologik xossalari, fizik-mexanik xossalari, sanoat tarmoqlari, 
qo‘llanilish sharoitlari 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Sanoat tarmoqlarini rezina texnik buyumlariga bo‘lgan talab. 
2. RTB qanday ekspluatatsion sharoitlarda qo‘llaniladi. 
3. Maxsus maxsaddagi kauchuklarning qo‘llanish imkoniyatlari. 
4. Kauchuklarni turli tijorat va texnik nomlari. 
5. Turli mqsadlarda ishlab chiqaruvchi kauchuklarning firma va kompaniyalar. 
6. Umum maqsaddagi kauchuklarning qo‘llanish imkoniyatlari. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling