Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

ishlar organlarida xizmat qilish haqidagi shartnoma O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi nomidan ichki ishlar tegishli organining boshlig‘i, respublika 
Ichki ishlar vazirining vakili tomonidan tuziladi. 
Fuqaro ichki ishlar organlarida xizmat qilishga doir shartnoma 
bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga 


77 
majbur, Ichki ishlar vazirligi esa unga barcha turdagi ta’minot, huquq, 
imtiyozlarni ta’minlash va amaldagi qonunlar hamda shartnomada ko‘zda 
tutilganidek ichki ishlar organlarida xizmat qilish shart-sharoitini yaratish 
majburiyatini oladi. 
Shartnomada tomonlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini 
bajarmaganliklari sababli yuz beradigan yuridik oqibatlar aks ettiriladi. 
Shartnomaning shakli va shartlari O‘zbekiston Respublikasining Ichki 
ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 
Xodim ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning nafaqaga chiqish 
yoshiga yetgandagina yoki noma’lum sabablar, shuningdek boshqa 
muassasaga o‘tish munosabati bilan ana shu tashkilot, korxona yoki 
organdan tegishli iltimosnoma bo‘lgan taqdirdagina bo‘shatilishi mumkin, 
deb hisoblab kelingan. 
Muvaqqat Nizomda shaxsiy iltimos bilan bo‘shash ham ko‘zda 
tutilgan, buning uchun xizmatdan ketmoqchi bo‘lgan xodim ikki oy oldin 
asosli sabablari ko‘rsatilgan tegishli bildirgini topshirishi kerak. 
Tayinlangan muayyan lavozim talablariga xodimning kasbiy 
qobiliyati muvofiq kelish darajasini uzil-kesil aniqlashda uning tezkor 
xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi hamda o‘z ishining o‘ziga xos 
jihatlarini chuqur o‘rganishi uchun muvaqqat Nizomda uch oydan to bir 
yilga qadar tayyorgarlik va lavozim darajasi bo‘yicha sinov muddatini 
o‘tash tartibi belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga yangi qabul 
qilingan xodimlarni egallagan lavozimiga to‘la ijobiy yondasha olishini 
aniqlash, ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olish qobiliyatini o‘rganib 
chiqish va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun berilgan ma’lum bir 
muddat (bir yil) sinov muddati hisoblanadi. 
Sinov muddati ichki ishlar organlariga birinchi bor qabul qilingan 
barcha xodimlarga o‘rnatiladi. Ularning egallagan lavozimlaridan qat’i 
nazar va ichki ishlar organlariga qayta (bo‘shagunga qadar ishlagan 
lavozimidan boshqa lavozimga) tiklangan hamda ichki ishlar 
organlaridagi oddiy boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlar o‘rta va katta 
boshliqlar lavozimlariga tayinlanganlarida, ma’lumotlari egallagan 
lavozimlariga to‘g‘ri kelmaganda o‘rnatiladi. 
Quyidagi shaxslar sinov muddatidan ozod etiladilar: 
– ichki ishlar organlari xizmatidagi kichik boshliqlar tarkibidan o‘rta 
va katta boshliqlar tarkibiga o‘tkazilgan va egallagan lavozimlari bo‘yicha 
ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar; 


78 
– ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan va yana yangidan 
xizmatga qabul qilingan xodimlar, agarda ular ilgari ishlab ketgan xizmat 
sohasi bo‘yicha xizmatga qabul qilinayotgan bo‘lsalar; 
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘quv yurtlarining 
bitiruvchilari; 
– Oliy o‘quv yurtlarini tugallagan va Davlat komissiyasi tomonidan 
xizmatga yo‘llanma orqali yuborilgan shaxslar; 
– Ichki ishlar organlarining moliya-iqtisod va tibbiyot tizimlarining 
oddiy va boshliqlar tarkibi lavozimlariga xizmatga qabul qilinganlar. 
Sinov muddati bir marotaba o‘rnatiladi va uzaytirilmaydi. 
Muvaqqat Nizomda oddiy xodimlar va kichik boshliqlar tarkibini 
butlashning shartnoma (kontrakt) normasining joriy etilishi ana shu 
toifaga mansub xodimlarni xizmatga tanlab olish tartibini huquqiy 
himoyalash va demokratiyalashga yordam berishi kerak. Bu esa 
shartnoma tuzuvchi tomonlarning shartnoma shartlaridan kelib chiqadi- 
gan o‘zaro mas’uliyatlarini oshiradi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling