Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
tartibi deganda xodimlarning bir maromda ishlashlarini, xavfsiz va unumli
mehnat jarayonida tegishli mehnat me’yorlari bajarilishini 56 ta’minlovchi mehnat rejimi nazarda tutiladi. Bunday mehnat rejimi mehnat qonunlari, qonun hujjatlari, korxonalardagi lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi; 3) mehnat jarayonida xodim ish beruvchi farmoyishlarini bajarishi, mehnat operatsiyalarini uning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda bajarishi lozim. Ya’ni, xodim va ish beruvchi o‘rtasida o‘zaro bo‘ysunish munosabati mavjud bo‘ladi. Mehnat shartnomasi bo‘yicha mehnat qilinganida mehnat jarayonining o‘zi, uning shart-sharoitlari tartibga solinadi; 4) mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimga o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar jamoa kelishuvi yoki shartnomasida ko‘rsatib qo‘yilganidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lashi kerak. Ish haqi to‘lashga oid shartlar hatto xodim rozi bo‘lgan taqdirda ham qonunlarda belgilab qo‘yilgan eng kam miqdordan kam bo‘lishiga, uning ahvolini yomonlashuviga olib kelishi mumkin emas. Mehnat shartnomasiga ko‘ra to‘lanadigan haq bajarilgan mehnatning miqdori va sifatiga mutanosib bo‘lishi talab etiladi hamda bu ko‘rsatkich ish haqi tizimlari (ishning davomiyligi, murakkabligi, xodimning malakasi, normalarning bajarilishi va boshqa omillar hisobga olingan holda) vositasida aniqlanadi. Xodim asosiy ish haqidan tashqari korxona ish yakunlariga ko‘ra belgilangan qo‘shimcha ish haqlarini ham oladi (mukofot pullari, ustama haqlar va boshq.). Shaxsga xodim sifatida imtiyoz va yengilliklar berilishi qonun- chilikka ko‘ra shaxsni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) chiqarilishi, mehnat daftarchasi yuritilganligi, ishlayotganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi kabilar bilan bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalik faoliyati amaliyotida «mehnat kelishuvlari (bitimlari)» uchrab turadi va ularning huquqiy tabiati turlichadir. Bunda agar mehnat bitimlariga ko‘ra xodim buyruq asosida ishga qabul qilingan, korxona mehnat jamoasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa, bunday bitim mehnat shartnomasi deb hisoblanishi, bir martalik ishni bajarishi uchun tuzilgan bo‘lsa shaxsiy pudrat (fuqarolik huquqiy) shartnoma munosabati deb baholanmog‘i zarur bo‘ladi. Mehnat shartnomasi ham har qanday boshqa shartnomalar singari muayyan tomonlar o‘rtasida tuziladigan kelishuvdan iborat. Uning tomonlari bo‘lib xodim va ish beruvchi qatnashadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1997-yil 6-sentabrdagi 6/1-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni 57 takomillashtirish to‘g‘risidagi tavsiyalari»da 1 aytilishicha, xodim deganda mehnat faoliyati mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladigan, muayyan yoshga yetgan jismoniy shaxs tushunilmog‘i lozim. Ammo mehnat shartnomasi tarafi sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxs muayyan yoshga yetgan bo‘lishidan tashqari (16 yoshga, ayrim hollarda 15 yoshga, qonunda maxsus ko‘rsatib qo‘yilgan hollarda 18 yoshga yetgan bo‘lishi) yana bir qator talablarga ham javob berishi lozim bo‘ladi. Bu talablar fuqaro salomatligining ahvoli, uning kasb, malaka, ma’lumoti, fuqaroligi va boshqa bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xodimning qonunlarda va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlarining darajasi mehnat shartnomasini tuzish vaqtida pasaytirilishi aslo mumkin emas. Aks holda, Mehnat kodeksining 5-moddasiga binoan, mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan bu shartlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Agar xodim 1993-yil 3-dekabrga qadar ishga qabul qilingan bo‘lsa, O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 1994-yil 7- yanvardagi qaroriga asosan mehnat shartnomasining yozma ravishda tuzilishi faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 75-moddasida mehnat shartnomalari nomuayyan muddatga (muddatsiz), besh yildan ortiq bo‘lmagan mud- datga va biror ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ta’kidlash kerakki, ayrim ish beruvchilar tomonidan muddatli (ya’ni, besh yilgacha) mehnat shartnomasini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Muddatli mehnat shartnomasi tuzish degani bu ish beruvchilarga berilgan huquq emas. Mehnat kodeksining 76-moddasida ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasi tuzish huquqini cheklash nazarda tutilgan. Shu moddaga muvofiq, muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan hollardagina tuziladi. Ammo joylarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bo‘sh o‘rin bo‘laturib, xodim iltimos qilmagan bo‘lsa ham, u bilan ish beruvchi muddatli (masalan, 31 dekabrgacha ) mehnat shartnomasi tuzadi va har yili u yangilanadi. Bunday mehnat shartnomasi noqonuniy hisoblanadi. Agar ushbu holatda mehnat shartnomasining muddati tugashi munosabati bilan xodim o‘z vazifasidan ozod qilinsa va u o‘z vazifasiga ishga tiklashni so‘rab sudga 58 yoki boshqa mutasaddi organlarga murojaat qilsa, uning iltimosi, albatta, qondiriladi va barcha majburan bekor yurgan vaqti uchun haq to‘lanadi. Qonun hujjatlariga asosan ish joyi saqlanib qoladigan xodimning o‘rniga (masalan, kasallik varaqasi, mehnat ta’tili, bolani parvarishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til davriga va boshqalar) ishga qabul qilinganda, muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat shartnomasining muddatlari ish davomida xodimning roziligi bilan bir muddatdan ikkinchi bir muddatga o‘zgartirilishi mumkin. Agar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida uning muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u doimiy ishga qabul qilingan hisob- lanadi. Mehnat kodeksining 105-moddasiga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va taraflardan biri ham bir hafta davomida mehnat shartno- masini bekor qilishni talab qilmasa (buyruq chiqarilmasa), xodim doimiy ishga qabul qilingan hisoblanadi va mehnat shartnomasini bekor qilish umumiy asoslarda olib boriladi, ya’ni xodim yoki ish beruvchining tashabbusi bilan hamda taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasining eng ko‘p tarqalgan turi nomuayyan muddatga tuziladigan shartnomadir. Muddatli mehnat shartnomasining turi 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bajariladigan ishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning bajarilish shartlari yoxud xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat munosabatlarini o‘rnatish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shuningdek qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda tuziladi. Jumladan, xalq deputatlari deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish vazifalarini bajarishdan ozod qilinganligi munosabati bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi, deputat avvalgi ishiga qaytganida, bu shartnoma bekor qilinadi. Shuningdek bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lgan ayolning o‘rniga qabul qilingan xodim bilan tuzilgan shartnoma ham shunday shartnoma turlaridan hisoblanadi. Muddatli mehnat shartnomasini tuzish masalalari Mehnat kodek- sining 75 va 76-moddalari bilan tartibga solinadi. Kodeksning 75- moddasiga muvofiq, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta tuzilishi mumkin emas. 59 Mehnat shartnomasining shartlarini, shu jumladan, uning muddatini o‘zgartirishga taraflardan birining talabiga ko‘ra, MKning 89 va 90- moddalarida nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi: – ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi (89-modda); – xodimning mehnat shartlarining o‘zgarishi haqidagi talabi (arizasi) berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim (90-modda). Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, muddatli mehnat shartnomasi tuzilganda xodimning mehnat huquqlari (ta’tillardan foydalanish, mukofotlar, rag‘batlantirish va shunga o‘xshash boshqa huquqlar) biron-bir tarzda cheklanmaydi. Mehnat kodeksining 76-moddasida ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasini tuzish huquqi cheklab qo‘yilgan bo‘lib, qonun talabiga ko‘ra, muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnoma- larini tuzish mumkin bo‘lmagan, shuningdek qonunda nazarda tutilgan quyidagi hollarda tuziladi: 1) bajarilajak ishning xususiyati yoki uni bajarish shartlari tufayli mavsumiy vazifalarni bajarish uchun muddatli mehnat shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishlar sirasiga qishki mavsumda o‘t yoquvchi yoki isitish qozonxonasining operatori, qurilish-ta’mirlash quruvchilari bajaradigan, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq mavsumiy ishlarni bajarish kabi yumushlar misol bo‘la oladi; 2) ishni bajarish shartlari hisobga olingan holda, muddatli mehnat shartnomasi tuzish, masalan, bola tug‘ish va uni parvarishlash munosabati bilan ta’tilda bo‘lgan ayolning ishga chiqish vaqtigacha, boshqa xodim (shaxs) bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish; 3) Mehnat kodeksi 76-moddasining talabiga ko‘ra, xodimning o‘zi manfaatdor bo‘lgan har qanday hollarda muddatli mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Faqatgina muddatli mehnat shartnomasini tuzishdan xodimning bevosita manfaatdorligi ishonchli va yaqqol ko‘rinib turishi lozim. Afsuski, amaliyotda ba’zan ish beruvchilar tomonidan xodimlarga tazyiq o‘tkazilib, xodimlar bilan «ixtiyoriy- majburiy» tarzda muddatli mehnat shartnomasi tuzish holatlari ham uchrab turibdi. Keyinchalik nizolar chiqmasligi uchun muddatli mehnat 60 shartnomasi tuzilishidan manfaatdor bo‘lgan xodim (masalan, o‘quv yurtida o‘qiyotgan talaba yoki farzandi maktabgacha tarbiya muassasasida bo‘lgan ona) tegishli ariza yozib, ish beruvchiga shunday iltimos bilan murojaat qilishga sabab bo‘lgan omillarni ko‘rsatib o‘tishi maqsadga muvofiqdir; 4) nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda Mehnat kodeksining 76-moddasiga asosan, korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalteri, agarda bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Alohida ta’kidlash joizki, Mehnat kodeksining 76-moddasi asosida korxonaning boshqa ma’muriy-boshqaruv xodimlari va tarkibiy bo‘limlarning boshliqlari bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yil- maydi. Yoki boshqa bir misol, O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunining 6 va 22-moddalariga asosan, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarga haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun keyinchalik ikki oy muddatga uzaytirish huquqi bilan muddatli mehnat shartnomalari tuziladi. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarga to‘lanadigan ish haqining kamida ellik foizi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa mahalliy budjetlar va aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shuningdek qonunchilikda belgilangan hollarda muddatli mehnat shartnomasi tuzish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillash- tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilanganidek, davlatning aksiyadorlik jamiyatlaridagi ishonchli vakillari, shuningdek aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining rahbari bilan bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga mehnat shartnomasi tuzish shart ekanligini ta’kidlash mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur holatlar qat’iy qoida hisoblanib, ularni keng ma’noda talqin etishga va qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki, Mehnat kodeksining 76-moddasi talablarini hisobga olmasdan muddatli mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjat- laridagi qoidalarga zid bo‘lib, xodimni noqulay vaziyatga solib qo‘yadi. 61 Sababi, muddati tugagach, tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Muddatli shartnomaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunday shartnoma tuzgan xodim o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash huquqidan mahrum bo‘ladi. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta tuzilishi mumkin emas. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling