Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
-§. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
2-§. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
Mehnat shartnomasi faqat qonunda ko‘zda tutilgan quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin: 1) taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin; 2) taraflardan birining tashabbusi bilan; 3) muddatning tugashi bilan; 4) taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra; 5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra; 6) yangi muddatga saylanmaganligi yoki saylanishda qatnashishni rad etganligi munosabati bilan (MK 97-m.). Taraflarning kelishuvi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish, bu odatda, muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqti uchun tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishda qo‘llaniladi. Taraflarning kelishuvi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganda biron-bir organning roziligi talab qilinmaydi, voyaga yetmaganlarning ishdan bo‘shatilishi bundan mustasno. Shartnoma muddatining tugaganligi, mehnat munosabati haqiqatda davom etayotgan va taraflardan birortasi bu munosabatlarni bekor qilishni talab qilmagan hollar bundan mustasno. Bunday asos bo‘yicha muddatli, vaqtincha, mavsumiy mehnat shartnomasining muddati tugagan bo‘lsa-yu, ammo taraflar uni bekor qilish niyatida bo‘lmasalar, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga qayta tuzilgan, xodim esa doimiy ishga qabul qilingan hisoblanadi (MK 106-m.). Amaliyotda mehnat shartnomasini bekor qilishning eng ko‘p qo‘llaniladigan turi bu xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdir. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ish sharoitining ma’qul bo‘lmasligi, boshqa joyga yashash uchun ko‘chib ketish, o‘qishga, nafaqa yoshiga yetish va boshqalar. MK 99-moddasining birinchi qismiga ko‘ra xodim, muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham (uning muddati tugamasdan avval), nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham ish beruvchini bu haqida ikki hafta oldin ogohlantirib, so‘ngra bekor qilishi mumkin. Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga faqat uning yozma ravishda yozgan arizasi asos bo‘ladi. 84 Mehnat shartnomasini MKning 99-moddasiga asosan bekor qilishda faqat xodimning xohishi bo‘lishi talab etiladi. Agar mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimning xohishi emas, balki uni ariza yozishga majbur qilgan ish beruvchining noqonuniy harakatlari (aldash, qo‘rqitish va boshqalar) sabab bo‘lgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish noqonuniy deb topiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ariza bergan xodim ogohlantirish muddati davomida o‘z mehnat vazifalarini belgilangan tartibda bajarishi, ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishi shart. Aks holda, ish beruvchi unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini qo‘llashga haqli. Ish beruvchining roziligisiz, ikki haftalik ogohlantirish muddati tugamasdan ishni tashlab ketish mehnat vazifalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Xuddi shuningdek, ish beruvchi ham xodimning roziligisiz ogohlantirish muddati tugamasdan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas. Mehnat shartnomasini bekor qilishda ogohlantirish muddati ariza berilgan kunning ertasidan boshlanadi. Masalan, ariza 10 martda berilgan bo‘lsa, ogohlantirish muddati 11 martdan boshlanadi va 24 martda, ya’ni oxirgi ish kunida tugaydi. Shunday qilib, xodimning xohishiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ogohlantirish muddati tugagan kunda yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra, xodimning arizasida ko‘rsatilgan kunda bekor qilinadi. MKning 99-moddasiga asosan ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan, mehnat munosabatlari esa davom etayotgan bo‘lsa, xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi va bu arizaga binoan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat shartnomasini bekor qilish istagini esa xodim qo‘shimcha ariza yo‘li bilan ta’kidlashi lozim bo‘ladi. Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan ogohlantirish muddati davomida xodim o‘z arizasini qaytarib olishi mumkin. Xodimning arizasini qaytarib olish huquqi oxirgi ish kuni bilan qo‘shib hisoblaganda, butun ogohlantirish muddati davomida saqlanib qolinadi. Xodimga o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qaytarib olishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holda, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqarilgan yoki chiqarilmaganligining ahamiyati yo‘q. Ogohlantirish muddati davomida xodim o‘zi istagan vaqtda va hech qanday cheklashlarsiz yozgan arizasini qaytarib olish huquqiga ega. 85 Nomuayyan muddatga tuzilgan va muddatli mehnat shartnomasi ham muddati tamom bo‘lmasidan oldin quyidagi hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin: Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling