Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

2-§. Pensiya ta’minoti 
 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 1998-yil 3-sentabr 
qonunida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan 


179 
ta’minlanish huquqiga egadirlar. Xodimlarga hamda ularning oila 
a’zolariga beriladigan pensiyalar yuqoridagi qonunga muvofiq ravishda 
tayinlanadi. 
Ushbu qonun bilan davlat pensiyalarining kuyidagi turlari belgilanadi: 
– yoshga doir; 
– nogironlik; 
– boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. 
Yoshga doir pensiya olish huquqi sug‘urta qilingan xodimlarga 
umumiy asoslarda: 
– erkaklar 60 yoshga to‘lganlarida va ish stajlari kamida 25 yil 
bo‘lgan taqdirda; 
– ayollar 55 yoshga to‘lganlarida va ish stajlari kamida 20 yil 
bo‘lganda tayinlanadi. 
Pensiya sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya 
yoshi kam bo‘lganda, tegishli hollarda esa, mehnat staji kam bo‘lganda 
ham tayinlanadi. 
Sug‘urta qilingan xodimlarga nogironlik pensiyasi mehnatda mayib 
bo‘lganda yoki kasb kasalliklariga chalinganda, shuningdek umumiy 
kasalliklar tufayli mehnat qobiliyati yo‘qotilganda tayinlanadi. Ish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan jarohatlar tufayli mehnat qobiliyati yo‘qotilganda ham 
umumiy kasalliklar singari nogironlik pensiyasi tayinlanadi. 
Mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalliklari tufayli xodimlarga mehnat 
stajidan qat’i nazar, nogironlik pensiyasi tayinlanadi. Nogironlik boshqa 
sabablar tufayli kelib chiqqanda, tegishli umumiy mehnat stajiga ega 
bo‘lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan 
xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
Yosh 
Ish staji (yil hisobida) 
23 yoshga qadar 

23 yoshdan 26 yoshga qadar 

26 yoshdan 31 yoshga qadar 

31 yoshdan 36 yoshga qadar 

36 yoshdan 41 yoshga qadar 

41 yoshdan 46 yoshga qadar 
11 
46 yoshdan 51 yoshga qadar 
14 
51 yoshdan 56 yoshga qadar 
17 
56 yosh va undan oshganda 
20 


180 
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasalliklar tufayli ish davrida yoki 
ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarga ish 
stajidan qat’i nazar pensiya tayinlanadi. 
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lishi yoki 
kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnat faoliyati 
muddatidan qat’i nazar uning mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga 
tayinlanadi. Agar xodim boshqa sabablar tufayli vafot etgan bo‘lsa, 
shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab pensiya 
tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan 
xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta 
umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning 
pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi. 
Bir vaqtning o‘zida turli pensiyalarni (qarilik, nogironlik va shular 
kabi) olish huquqiga yoki turli organlardan pensiya olish huquqiga ega 
bo‘lgan shaxslarga ularning tanlashiga ko‘ra bitta pensiya tayinlanadi. 
Davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar pensiya olish 
huquqiga ega bo‘lgan paytdan boshlab istagan vaqtlarida pensiya 
tayinlanishini so‘rab murojaat qilishga haqlidirlar. 
Fuqaro qarilik yoki nogironlik pensiyasi tayinlanishini so‘rab 
murojaat qilganda unga ishlayotgan yoki ishlamayotganligidan qat’i 
nazar, tayinlanadi. Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, 
quyidagilardan tarkib topadi: 
– pensiyaning tayanch miqdoridan; 
– ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; 
– pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan. 
Xodimlar va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlanishini iltimos 
qilib yozilgan ariza xodim oxirgi paytda ishlab turgan korxonaning 
ma’muriyatiga beriladi. Ma’muriyat esa ariza tushgan vaqtdan boshlab 10 
kunlik muddat ichida xodimning mehnat staji, ish haqi to‘g‘risidagi barcha 
hujjatlarni hamda o‘z tavsiyasini qo‘shib, tuman (shahar) pensiya 
bo‘limiga taqdim etadi. Qonunga binoan, pensiya tuman (shahar) ijroiya 
komitetidagi pensiya tayinlash komissiyalari tomonidan tayinlanadi. 
Pensiyalar tayinlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 1993-yil 3- sentabr 
qonunining 47-moddasida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran tayinlanadi. 
Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari quyidagilar: 


181 
– pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha 
hujjatlarni taqdim etganda; 
– nogironlik guruhi o‘zgarganda; 
– boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolarining soni 
o‘zgarganda; 
– eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‘zgargan bo‘lsa; 
– mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan yoki uning miqdori o‘zgar- 
ganda; 
– daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. 
Pensiyalarni pensioner istiqomat qilib turgan joydagi pensiya 
bo‘limlari to‘laydi. 
Harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliq- 
lar va oddiy xodimlar tarkibida bo‘lgan shaxslar hamda ularning oila 
a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari va tartibi O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ularga O‘zbekiston 
Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 
1993-yil 3-sentabr qonunida nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish 
huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar 
organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar pul 
ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda 
hisobga olinadi. 
Yuqoridagi qonundan tashqari, bugungi kunda ichki ishlar organlari 
xodimlari va ularning oila a’zolariga pensiya ta’minoti O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8- yanvardagi 
«O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashning 
muvaqqat Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 16-sonli qarori asosida 
belgilanadi. 
Pensiya ta’minotining quyidagi turlari mavjud: 
a) yoshga doir pensiya (xizmat yili bo‘yicha, ya’ni mehnat staji 
bo‘yicha); 
b) nogironlik pensiyasi; 
d) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. 
Amaldagi qonunlarga binoan, kadrlar bo‘limi 10 kun muddat ichida 
pensiya tayinlash uchun quyidagi hujjatlarni moliya-rejalashtirish 
boshqarmasiga (bo‘limiga) taqdim etishi lozim. 
Mehnat staji bo‘yicha yoshga doir pensiya tayinlashda: 
a) pensiya tayinlanishi munosabati bilan xizmatdan bo‘shatilgan 
xodimning arizasi (turar joy manzili, oila a’zolari, ya’ni qaramo- 
g‘idagilarni ko‘rsatgan holda); 


182 
b) mehnat staji (xizmat yili)ning hisobi; 
d) harbiy tibbiy ko‘rikning kasalligi to‘g‘risida guvohnomasi yoki 
ma’lumotnomasi. 
e) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot. 
2) Nogironlik pensiyasini tayinlashda: 
a) xizmatdan bo‘shatilishi bilan pensiya tayinlanishi kerak bo‘lgan 
xodimning turar joyi, qaramog‘idagi oila a’zolarining soni ko‘rsatilgan 
arizasi; 
b) mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat; 
d) harbiy tibbiy ko‘rikning kasalligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki 
ma’lumotnomasi; 
e) nogironlik sabablari va guruhlari ko‘rsatilgan tibbiy mehnat 
ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi; 
f) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot. 
3) Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda: 
a) vafot etgan xodimning ota-onasi yoki xotinining pensiya 
tayinlanishini so‘rab yozgan arizasi; 
b) vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi; 
d) agar xodim o‘z xizmat vazifasini o‘tash paytida vafot etgan bo‘lsa, 
IIV, IIBning tasdiqlovchi xulosasi; 
e) vafoti munosabati bilan uning shaxsiy tarkib ro‘yxatidan 
o‘chirilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma; 
f) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot; 
g) farzandlari yoki ota-onasining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvoh- 
nomalarining nusxalari; 
h) nikohdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
i) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olmoqchi bo‘lgan shaxs- 
larning vafot etgan xodimning qaramog‘ida bo‘lganligini tasdiqlovchi 
turar joyidan ma’lumotnoma; 
j) vafot etgan xodimning 16 yoshdan katta bolalari o‘quv yurtida 
ta’lim olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilinadi. 
O‘rta, katta va yuqori boshliqlar tarkibiga yoshiga doir yoki 
nogironlik pensiyalarini tayinlashda bir oylik maosh hajmida bir yo‘la 
beriladigan nafaqa to‘lanadi. 


183 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling