Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

mehnat bo‘yicha huquq inspektorlari va texnika inspektorlari – 
mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni va mehnat bo‘yicha mehnat muhofazasi 
qoidalarini buzganlik uchun; 
davlat texnika nazoratining mansabdor shaxslari – davlat texnika 
nazorati organlarining nazoratida bo‘lgan sanoat tarmoqlarida va 
obyektlarida xavfsiz ish yuritish qoidalari, me’yorlari va yo‘riqno- 
malarini takror buzganlik uchun; 
sanitariya-epidemiologiya xizmatining mansabdor shaxslari – 
sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi sanitariya qoidalari va 
me’yorlarini buzganlik uchun. 
Ma’muriy javobgarlik mehnat qonunlarini, mehnat muhofazasi 
qoidalarini, sanoatning bir qancha tarmoqlari va ayrim obyektlarda xavfsizlik 
qoidalarini, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlik 
uchun va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksining 49-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar talablarining 
bajarilmasligi eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan besh 
barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Bundan tashqari, ushbu kodeksning 50-moddasiga ko‘ra, ish bilan 
ta’minlash xizmati tomonidan yuborilgan fuqarolarni ishga olishdan 
asossiz bosh tortish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh 
barobaridan yetti barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Agarda fuqarolar mansabdor shaxslar tomonidan mehnatga ma’muriy 
tarzda majburlansalar, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 


189 
kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxslarga eng kam ish 
haqining bir barobaridan uch barobarigacha miqdorda jarima solinadi. 
Mehnatga oid qonunlar va mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik 
uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 
bilan belgilanadi. 
Mehnatga oid qonunlarni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor 
shaxslarning jinoiy javobgarligi Jinoyat kodeksining quyidagi modda- 
larida ko‘zda tutilgan: 
116-modda – kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajar- 
maslik; 
112-modda – voyaga yetmagan layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’min- 
lashdan bo‘yin tovlash; 
141-modda – fuqarolarning teng huquqligini buzish; 
207-modda – mansabga sovuqqonlik bilan qarash; 
257- 
modda – mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish
258- 
modda – yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish va hokazolar. 
Jinoyat kodeksining 257-moddasida ta’kidlanganidek, texnika 
xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa 
qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs 
tomonidan buzilishi o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishga 
sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 25 barobaridan 50 barobarigacha 
miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish 
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha qilmish: 
a) odam o‘lishiga 
b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan 
huquqdan mahrum qilib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling