Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

Savol va topshiriqlar 
1. Mehnat huquqining konstitutsiyaviy prinsiplarini tushuntirib bering. 
2. Mehnat huquqi subyektlarining doirasini aniqlang. 
3. Xodim va ish beruvchilarning asosiy huquqlari nimalardan iborat? 
4. Fuqarolarning mehnat huquqi subyekti sifatida huquqiy maqomini 
ko‘rsatib bering. 
5. Kasaba uyushmalarining mehnat huquqi subyekti sifatida faoliyati 
nimalardan iborat? 


52 
4-mavzu 
MEHNAT SHARTNOMASI. ICHKI ISHLAR IDORALARIGA 
XIZMATGA QABUL QILISHNING XUSUSIYATLARI 
 
1- 
§. Mehnat shartnomasining tushunchasi, mazmuni, 
shakli va muddatlari 
 
Mehnat qilish huquqi insonning eng muhim tabiiy huquqlaridan biri 
sifatida umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan. 
Jumladan, mazkur huquqlar BMTning 1948-yil 10-dekabrda qabul 
qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
1
da belgilab berilgan 
bo‘lib, u 23-moddada o‘z ifodasini topgan. Mazkur modda quyidagi 4 
qismdan iborat: 
1) har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay 
ish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega
2) har bir inson hech bir kamchiliksiz teng mehnat uchun teng haq 
olish huquqiga ega; 
3) har bir ishlovchi kishi o‘zi va oilasi uchun insonga munosib 
yashashni ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur 
bo‘lganda ijtimoiy ta’minotning boshqa vositalari bilan to‘ldiriluvchi 
daromad olish huquqiga ega; 
4) har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini 
himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish, dam olish va 
bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, shu jumladan ish kunini oqilona cheklash huquqi 
va haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega. 
BMTning «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida»gi 
1966-yil 19-dekabrdagi xalqaro paktida ham mehnat qilish huquqi eng 
muhim inson huquqlaridan biri sifatida tavsiflanib, bu huquqning 
kafolatlanishi yuzasidan har bir a’zo davlatlarning vazifalari va 
majburiyatlari ko‘rsatib berilgan
2

1
Izoh: ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1991-yil 30- 
sentabrda ratifikatsiya qilingan. 
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 1995. 
– 9-сон. – 7-м. 


53 
Yuqoridagi xalqaro huquqiy hujjatlarda mehnat qilish huquqi asosiy 
inson huquqlaridan biri sifatida tavsiflanib, bu huquqni amalga oshirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan yetakchi g‘oyalar, prinsiplar belgilab berilgan. 
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi 
paytda tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati yuksalayotgan, aholi 
daromad manbalarining noan’anaviy shakllari yuzaga kelayotgan bo‘lsa- 
da, fuqarolarning korxona va tashkilotlarda yollanib ishlab, milliy 
daromad yaratilishida qatnashayotganlari, ish haqi sifatida ushbu milliy 
daromaddan o‘z ulush (daromad)larini olayotganlari jamiyat iqtisodiy 
hayotida salmoqli o‘ringa ega bo‘lib qolmoqda. Ana shunday sharoitda 
fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy 
mexanizmni chuqur anglab yetish, bu mexanizmning samarali ishlashini 
ta’minlash juda katta ahamiyatga ega. Chunki mehnat resurslaridan 
oqilona foydalana olish, fuqarolarning mehnat huquqlarini amalda 
ta’minlash va yetarli himoya qilish ushbu omilga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar 
ekan, ish turi, joyi va kasbni tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining 
amalga oshirilishida barcha fuqarolarning o‘zaro teng ekanliklari, ijtimoiy 
himoyatalab aholi tabaqalarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning 
amalga oshirilishi kabi qoidalarga asoslanadi. 
Bu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37 - 
moddasida quyidagicha o‘z aksini topgan: «Har bir shaxs mehnat qilish, 
erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda 
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». 
Mehnat shartnomasi mehnat huquqlarini amalga oshirish, ish kuchini 
mehnat bozorida sotish, sotib olish, mehnat resurslarini iqtisodiyot 
tarmoqlari bo‘ylab taqsimlash mexanizmi vazifasini bajaradi. Mehnat 
qonunchiligi xodimlar va ish beruvchilarning huquq hamda manfaatlarini 
to‘la himoya qilish uchun mehnat shartnomasiga qo‘yiladigan asosiy 
talablarni, uning tuzilishi, o‘zgarishi va bekor qilinishi tartiblarini belgilab 
beradi, mehnat shartnomasini tuzish bilan bog‘liq kafolatlarni nazarda 
tutadi. Mehnat shartnomasini tuzish orqali xodim va ish beruvchi 
o‘rtasidagi munosabat predmeti doirasida, shartnoma tomonlarining bir-
biriga nisbatan haq-huquqlari aniqlab olinadi. Mehnat shartnomasi 
kelgusida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni davom 
ettirish va rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi. 


54 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling