Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 264.58 Kb.
|
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 407 yilda Suqrot bilan uchrashgan. Suqrotning o‘limigacha uning eng yaqin shogirdlari qatorida bo‘lgan.
- ga yaqin she’riy usulda bitilgan miniatyura-epigrammalari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, uning 23 ta asl nusxadagi va 11
- ta maktubi ma’lum. Aflotunning suhbatlari quyidagilardan iborat: «
- Aflotunning Atlantida to‘g‘risidagi hikoyasi keyingi madaniyatlarning halovatini buzib, avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi. Uning yozishicha, 12
- DIOHEN (DIOGEN)
AFLOTUN (PLATON)
(Miloddan avvalgi 428-347 yillar) Qadimgi yunon faylasufi Aflotun Afina shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning asl ismi Aristokl bo‘lgan. «Platon» uning laqabi bo‘lib, yunoncha «keng yelkali», «bo‘lali» degan ma’noni anglatadi. Bu laqabni unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bo‘lmasa-da, aslzodalar nasabidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodiga mansub bo‘lgan. Aflotun aslzoda afinaliklarga xos bo‘lgan riyoziyot, musiqa, grammatika va gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklit, Parmenid, Zenon falsafasi bilan tanishgan. Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan uchrashgan. Suqrotning o‘limigacha uning eng yaqin shogirdlari qatorida bo‘lgan. Ko‘p vaqtini she’riyatga bag‘ishlagan. Manbalarga ko‘ra, u qator dostonlar, lirik asarlar, fojia va komediyalarning muallifi bo‘lgan. Uning 25 ga yaqin she’riy usulda bitilgan miniatyura-epigrammalari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, uning 23 ta asl nusxadagi va 11 ta uning qalamiga mansub deya taxmin qilinadigan suhbati, «Suqrot madhi» deb nomlangan nutqi, shuningdek, 13 ta maktubi ma’lum. Aflotunning suhbatlari quyidagilardan iborat: «Protagor», «Fedon», «Parmenid», «Teetet», «Timey», «Kritiy», «Laxet», «Menon», «Davlat», «Siyosatdon», «Qonunlar», «Fedr», «Fileb» va boshqalar. Aflotunning Atlantida to‘g‘risidagi hikoyasi keyingi madaniyatlarning halovatini buzib, avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi. Uning yozishicha, 12 ming yil oldin Gibraltar yaqinida sirli qit’a mavjud bo‘lib, bir kecha-kunduz ichida dengiz qa’riga cho‘kib ketgan. Aflotun halokatning aniq o‘rnini ko‘rsatmagan, ammo faylasufning obro‘yi shu qadar baland ediki, darhol g‘oyib bo‘lgan atlantlar mamlakatini izlashga kirishilgan. Uni hozir ham izlashmoqda... * * * Botiniylikdan zohiriylikka o‘tishga olib keluvchi hamma narsa ijoddir. * * * Aflotun o‘limidan oldin tushida oqqushga aylanib, daraxtdan-daraxtga uchib yurganini, qush ovlovchilar esa uni tutolmay sarson ekanliklarini ko‘radi. Suqrotning shogirdi bo‘lmish Simmiy bu tushni ta’birlab, qush ovlovchilar o‘tmishdagi daholarning fikrlarini sharhlovchi kimsalar ekanini, Aflotunning bir yo‘la ham tabiiy, ham axloqiy, ham ilohiy sifatlarini jam etgan fikrlarini izohlashga ularning qurbi yetmasligini aytadi. * * * Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu o‘gitni meros qoldirgan: «Haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yoxud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi». * * * Boshiga kulfat tushgan mustabid hukmdor Dionisiydan Aflotunning donishmandligi unga nima bergani haqida so‘rashdi. Sitsiliya hukmdori shunday javob berdi: — Nahotki men Aflotundan hech nima olmaganga o‘xshasam?! Axir, taqdir zarbasini xotirjamlik bilan qarshi oldim-ku! * * * Aflotun Katta Dionisiyning mustabid hokimiyatini aslzodalar hukumatiga aylantirish maqsadida uning huzuriga bordi. Uning maqsadidan xabar topgan Dionisiy so‘radi: — Ayt-chi, Aflotun, eng baxtli odam kim? — Suqrot, — deb javob berdi Aflotun. — Seningcha, hukmdorning eng asosiy vazifasi nimadan iborat? — yana so‘radi Dionisiy. Aflotun dedi: — Qo‘l ostidagilarni yaxshi xulqli qilib tarbiyalashdan iborat. Dionisiy uchinchi savolini berdi: — Ayt-chi, nahot odil sud hech narsaga arzimasa? O’sha davrlarda Dionisiyning hukumat sudi o‘z odilligi bilan dong taratgandi. Biroq Aflotun sir boy bermay, bu savolga shunday javob qaytardi: — Arzimaydi. Chunki odil hakamlar yirtilgan ko‘ylakni tikib qo‘yadigan yamoqchiga o‘xshaydi. — Seningcha, mustabid hukmdor bo‘lish uchun jasurlik sifati zarurmi? — so‘nggi savolini berdi Dionisiy. — Aslo, — dedi Aflotun, — mustabid hukmdor aslini olganda eng qo‘rqoq odamdir. U hatto sartaroshning ustarasidan ham cho‘chiydi. Bu javobdan g‘azabga kelgan Dionisiy Aflotunga shu kuniyoq Sitsiliyani tark etishni buyurdi. * 12 * Aflotun falsafaga ta’rif berib, quyidagi misralarni yozib qoldirgandi: — Olamda bilimdan kuchli narsa yo‘qdir. Bilim har qanday huzur-halovatdan ham, boshqa narsalardan ham zo‘rroqdir. * * * Falsafa bilan mashg‘ul bo‘ling. Shuningdek, yoshlarda ham falsafaga rag‘bat uyg‘oting. * * * Haqiqatni anglashga intiluvchilar chin faylasuflardir. * * * Hayrat faylasuflarga xos sifat. Ana shu sifat falsafaning ibtidosi sanaladi. * * * Donishmandlar ham, johillar ham falsafa bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Donishmandlar bilan johillar oralig‘idagi odamlargina haqiqiy faylasuf bo‘la oladilar. * * * Qanchalik noyob qobiliyatli va o‘tkir zehnli bo‘lmasin, falsafaga moyillik hissini tuymagan odam u bilan yaqinlasholmaydi. Zero, falsafa begona qalblarda ildiz otolmaydi. * * * Falsafa bilan yoshlikda, me’yorida mashg‘ul bo‘lmoqlik joiz. Bu qoidaga amal qilmaganlarni halokat kutadi. Har qancha zakovatli bo‘lmang, yoshingiz bir joyga borib qolganda umringizni falsafaga bag‘ishlasangiz, hurmat-e’tiborli inson bo‘lish tajribasidan ayrilib qolasiz. Bunday holatda odamlar bilan biror ish yuzasidan suhbatlashishga qiynalasiz, ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lolmay, umuman, oddiy insoniy muomala va odobni o‘zlashtirolmay aziyat chekasiz. Natijada qanday ishga kirishmang va qanday amalni bajarmang — xoh shaxsiy, xoh davlat miqyosidagi faoliyatingizda xuddi falsafiy suhbat va munozaraga aralashgan hukumat kishisi kabi barchaga kulgi bo‘lasiz. Aflotun bilim insonning avvalgi hayotida ko‘rganlari va orttirgan tajribalarini eslashi ekanini ta’riflab shunday degandi: «Kohinlar inson ruhi barhayot ekanini ta’kidlaydilar. Ruh yerdagi hayotni tark etganidan so‘ng, — buni odatda o‘lim, deb ataydilar, — yana qayta tug‘iladi va hech qachon o‘lmaydi. Shuning uchun inson hayotini taqvodorlikda, ezgulik bilan o‘tkazmog‘i darkor. Basharti ruh barhayot ekan, u qayta-qayta tug‘ilaveradi. Yerda va o‘zga olamlarda hamma ilmlardan, voqealardan boxabar bo‘lib, komillashib boraveradi. Natijada olamda u bilmaydigan hech qanday ilm qolmaydi. Bu ilmlar insonning ezguligi, saxovati va boshqa shu kabi yaxshi sifatlari evaziga yodga tushadi. Modomiki, tabiatda hamma narsa bir-biriga aloqador va ruh hamma ilmlardan boxabar ekan, inson birgina narsani eslay olsa, qolganlarini ham dadillik va g‘ayrat bilan izlab topib, bilib oladi. Zero, izlamoq va bilmoq eslamoqning aynan o‘zidir. * 13 * Aflotun muhabbat haqida shunday degandi: «Menimcha, odamlar muhabbatning asl qudratini anglab yetmaganlar. Agar ular buni tushunganlarida edi, sevgiga atab ulug‘vor ibodatxonalar va mehroblar qurib, qurbonlik keltirgan bo‘lardilar. Lekin birinchi galda bajarilishi lozim bo‘lgan bu vazifalarni hozirgacha hech kim ado etmadi. Axir, Eros — eng insonparvar ma’buda. U odamlarga yordam beradi, shuningdek, insoniyatni dardu alamlardan forig‘ etib, buyuk saodatga noyil etadi». * * * Turfa odamlarning turlicha fikr yuritishi natijasida hamfikrlik yo‘qoladi va natijada har bir odam boshqa bir odamdan uning fikrlash tarzi uchun nafratlana boshlaydi. * * * Hech kim avvalgi amallarini qaytarmaydi. Chunki tez orada yaxshi kunlar kelishiga ishonadi. Insonning o‘zligidan tuban ketishi johillikdir, o‘zlikdan yuqori bo‘lmoq esa donolikdir. * * * Kulgisiz jiddiy narsalarni anglab bo‘lmaydi. Umuman, idrokli bo‘lishni istagan inson qarama- qarshilikni faqat qarama-qarshilik yordamidagina anglab olishi lozim. * * * Shoir — agar u haqiqiy shoir bo‘lishni istasa, shunchaki fikr emas, afsonalar yaratmog‘i lozim. * * * Har qanday savolga javob berish mumkin, faqat u to‘g‘ri berilsa bas. * * * O’taketgan johillik u darajada dahshatli ayb emas, katta yovuzlik ham emas. Noto‘g‘ri yo‘naltirilgan bilimdonlik va boylik unga nisbatan xavfliroq va jazoga loyiqdir. * * * Tafakkur yagona munosib tangadir. Faqatgina ana shu tangaga hamma narsani almashish mumkin. Shunda mardlik, odillik, mulohazakorlik — bir so‘z bilan aytganda, ezgulik — soxtalikdan forig‘ bo‘ladi. Bu ezgulikka huzur-halovat, qo‘rquv va boshqa narsalar xoh yo‘ldosh bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, u doimo tafakkur bilan hamqadamdir. * * * Har bir ruh ezgulikka intiladi va bu yo‘lda har narsaga tayyor turadi. Ruh ezgulikning mavjudligini his etadi, uni izlaydi, ammo uning qaerda ekanini anglashga kuch-quvvati yetmay qiynaladi. DIOHEN (DIOGEN) Download 264.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling