Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Masalan, u vaqtning mohiyatini shunday tushuntiradi


Download 264.58 Kb.
bet34/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Masalan, u vaqtning mohiyatini shunday tushuntiradi:
Vaqt harakatning masofasidir.
Zenon g‘ayrioddiy tarzda hayotdan ko‘z yumgan. Bir kuni u qoqilib, yerga yiqiladi-da, bu holni yuqoridan yuborilgan ogohlantirish va chaqiruv deb hisoblaydi hamda o‘sha zahoti o‘zini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldiradi.
* * *
«Donishmanddan o‘zga hech kim hech narsani bilmaydi», deb yozgandi Zenon. U o‘zining bu fikrini harakat orqali tushuntirgan. Ya’ni, barmoqlari yozilgan qo‘liga ishora qilib: «Bu timsol alomati» deydi. Keyin barmoqlarini sal bukib, shunday deydi: «Bu rizolik alomati», nihoyat barmoqlarini musht qilib tugib: «Bu esa anglash alomati» deydi va o‘zining bu o‘xshatmasiga katalepsis deb nom beradi. So‘ngra chap qo‘lini uzatib, o‘ng mushtini qattiq siqib: «Mana bu donishmanddan o‘zga hech kim erisholmaydigan bilimdir», deb so‘zini tugatadi.

  • * *

Falsafani tirik mavjudotga qiyoslash mumkin, deb yozadi Zenon. Chunonchi, suyaklar va asab tizimi mantiq ilmi bo‘lsa, et axloq ta’limotidir. Jon esa tabiiyot (fizika)dir. Falsafani yana tuxumga ham o‘xshatish mumkin: po‘sti mantiq, ichidagi oq suyuqlik qatlami axloq, o‘rtadagi sarig‘i esa tabiiyot. Falsafa ilmini yaxshi muhofazalangan va aql bilan boshqariladigan bir shaharga ham qiyoslamoq o‘rinli bo‘lur edi.

  • * *

Hech bir yovuzlik hurmatga sazovor bo‘lolmaydi. Yovuzlik bizda qudrat, yuksalish, ezgulik tuyg‘ulari uyg‘onishiga bir to‘siq, xolos.

  • 25 *

Xudo mangudir. U olamdagi har bir narsani jamiki moddiyat vositasida yaratgan.

  • * *

Bizning ruhimizga ko‘plab tasavvurlar jo etilgan.

  • * *

Jon sakkiz qismdan tarkib topgan. Uning besh qismi ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va sezish hislaridan iboratdir. Oltinchisi ovoz, yettinchisi nasl qoldirish qismlari bo‘lib, sakkizinchisi esa boshqaruvchi qism deb ataladi. Bu qism xuddi sakkizoyoq singari qolgan yetti qismini boshqaradi va ulardan foydalanadi.

  • * *

Tabiat bilan totuvlikda yashamoqlik, ezgulik bilan yakdil bo‘lmoqlik demakdir.

  • * *

Biz tashqi olamni tuyg‘ularimiz ila qabul etib, aqlimiz ila anglashga qodirmiz.

  • * *

So‘z buyumlarni belgilash uchun odamlar o‘zaro kelishib qabul qilgan ifoda bo‘lmay, so‘zlarning o‘zi buyumlar va buyumlarning tabiatiga ko‘ra belgilangandir.

  • * *

Erkinlik donishmandlargina yetishishi mumkin bo‘lgan bir holat. Qolganlar uchun esa u noma’lum va yetib bo‘lmas manzildir.

  • * *

Manmanlikdan ortiq adabsizlik bo‘lmaydi.

  • * *

Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog‘dorlik, eng zarur narsa esa vaqtdir.

  • * *

Do‘st bizning ikkinchi «men»imizdir.

  • * *

Bir ezma odamga Zenon shunday degan ekan: «Bizga ko‘proq eshitib, kamroq so‘zlash uchun ikkita quloq va bittagina og‘iz ato etilgan».

  • * *

Faylasuf o‘z nutqini aqli bilan bezab so‘zlamog‘i joizdir.
SYUN-SZI
(Taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar)

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling