Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


U 1778 yilning 30 mayi oqshomida hayotdan ko‘z yumadi


Download 264.58 Kb.
bet90/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

U 1778 yilning 30 mayi oqshomida hayotdan ko‘z yumadi.
* * *
A’lo narsa - yaxshi narsaning dushmani.
* * *
Tangrim, meni do‘stlardan panohingda saqla - dushmanlarni o‘zim eplayman.
* * *
«Volter: «Odamlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, shunchalik erkindirlar», — deb ta’lim bergandi. Uning izdoshlari esa xalqqa: «Siz qanchalik erkin bo‘lsangiz, shunchalik ma’rifatlidirsiz», — deb uqtirdilar. Halokatning siri ana shunda», — deb yozgandi frantsuz ma’rifatparvari Antuan Rivarol (1753-1801 y.).
* * *
Men faqat shubhalanishnigina bilaman.
* * *
Men haqiqat deb ataluvchi falsafa toshini izlab 40 yil dunyoning turli burchaklarida bo‘ldim, antik dunyo namoyandalari Epikur va Avgustin, Aflotun va Malbranshe bilan kengashdim. Ammo izlaganimni topolmay, qashshoqligimcha qoldim.

  • 58 *

Har qanday ijod namunasi ijodkor to‘g‘risida guvohlik beradi. Hech narsa meni bu oddiy aksiomadan qaytarolmaydi.

  • * *

Tasodif yo‘q narsa. Biz sababini izohlashga chog‘imiz kelmagan harakatlarni tasodif deb ataymiz. Sababsiz harakat va mohiyatsiz mavjudlik bo‘lmaydi.
Bu fikr barcha faylasuflarning bosh qoidasidir.

  • * *

Ulkan binoning mitti kavaklarida yashaydigan sichqonlar bino yana qancha turishi va uni kim qurganidan bexabar umr kechiradilar. Ular faqat uzoq yashash va inlarini buzg‘unchi jonivorlardan omon saqlashga harakat qiladilar. Biz ham sichqonlar kabimiz va Koinotni bunyod etgan Oliy me’mor hech birimizga o‘z sirini oshkor etmaydi.

  • * *

Ijtimoiy adolat - ham tabiiy, ham xayoliy g'oya. Bizning sho'rpeshona sayyoramizda jamoa-jamoa bo‘lib yashovchi odamlar uchun buyruq beruvchi badavlatlar va ularga xizmat qiluvchi kambag‘allardan iborat ikkita sinfga bo‘linishdan o‘zga chora yo‘q.

  • * *

Huzur-halovat bag‘ishlovchi ishni bajarish - ozodlik belgisi.

  • * *

Halol odamni ta’qib qilish mumkin, ammo uni sharmanda qilib bo‘lmaydi.

  • * *

O’lim eng katta jismoniy yovuzlik bo‘lsa, urush eng katta axloqiy yovuzlikdir.

  • * *

Yovuzlik imkoni kunda yuz bor, yaxshilik imkoni yilda bir bor namoyon bo‘ladi.

  • * *

Biz bu yorug‘ jahonda ikki lahza yashaymiz va uning birini mulohazalarga bag‘ishlaymiz.

  • * *

Asllik va go‘zallik mezonlari hamma zamonlarda va hamma xalqlarda bir xil bo‘lib kelgan.

  • * *

Bugungi kundagi har qanday voqelik o'tgan kunning hosilasi va kelajakning otasidir... Sababning bechigal, mustahkam zanjiri mangudir. Taqdiri azal tabiatning yaxlit qonunidir.

  • * *

Bid’at - insoniyatning eng mudhish g‘animi.
Mutaassiblikdan nafratlanuvchi yangi avlod yetilmoqda. Hademay shunday kun keladiki, faylasuflar rahbarlikni o‘z qo‘llariga oladilar. Aql-idrok saltanati qad rostlaydi.

  • 59 *

Inson yuqoriga o‘rlagan alanga va pastga sho‘ng‘igan tosh kabi tug‘ilishi bilanoq harakatga intiladi.

  • * *

Bid’atni masxaralashdan cho‘chimang, do‘stlarim. Menimcha, bid’atni mahv etish uchun uni kulgili qilib ko‘rsatishdan yaxshiroq vosita yo‘q. Kulgili narsa esa xavfli bo‘lolmaydi.

  • * *

Doimiy huzur-halovatni yo‘q deb hisoblasa ham bo‘ladi.

  • * *

Bizga doimo boriga shukr qilishni, orzu-istaklaru qiziquvchanlikni jilovlashni, notinch ko‘ngilni itoatda tutishni maslahat beradilar. Bu juda yaxshi. Ammo bunday pand-nasihatlarga doim amal qilganimizda hozir ham dub yong‘og‘ini tanovul qilib, ochiq osmon ostida uxlayotgan bo‘lardik.

  • * *

Odatiy bo‘lib qolgan narsalar kam qadrlanadi.

  • * *

Ehtiros kema yelkanlarini shishiruvchi shamoldir. Shamol ba’zan kemani cho‘ktirib yuborsa-da, lekin usiz suzib bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa xavfli va ayni damda muhimdir.

  • * *

Noo‘rin go‘zallik o‘limga mahkum.

  • * *

Faqat tabiiy narsalargina go‘zaldir.

  • * *

Tabiatan in’om etilmagan qobiliyatni hech qaysi yoshda qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Ammo yo‘l qo‘yilgan xatoni istalgan vaqtda tuzatish mumkin.

  • * *

Men doim o‘z metafizikamni axloqqa yaqinlashtirishga harakat qilaman.

  • * *

Sizning fikringizga qo‘shilmasligim mumkin, ammo fikringizni aytish huquqingiz uchun hayotimni beraman.
* * *
Falsafa bizga olam tushunarsiz mangu borliq ekanligini o‘rgatadi. Ammo u olamning sifatlari va tarkibi haqida aniq so‘z aytolmaydi. Borliqning tabiati biz uchun mutlaqo anglab bo‘lmasdir.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling