Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Belgilash olmoshlari
- 6. Bo‘lishsizlik olmoshlari
- Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 1-mashq.
- 1-,2-,3 – kurs talabalari yig‘ildi. …..
4. So‘roq olmoshlari: № So‘roq turi Olmoshlar Tarjimasi 1 Shaxsga Kim? Kто? 2 Narsaga Nima? Что? 3 Belgi- xususiyatga Qanday? Qanaqa? Qaysi? Какой? Какая? Какое? Который? 4 Miqdorga Qancha? Necha ? Qancha? Сколько? 5 Tartibga Nechanchi? Какой? n n n 100 6. Sabab-maqsadga Nega? Nimaga? Почему? 7. O‘ringa Qayerda? Qayoqqa? Куда? 8. Paytga Qachon? Когда? 9. Mavjudlikka Qani? Где? 5. Belgilash olmoshlari ikki xil ma‘noni bildiradi: 1. Jamlash: hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, yalpi. 2. Ajratib ko‘rsatish: har bir, har kim, har nima, har qaysi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalarini oladi. Masalan: Hammasi oldinda. Har kimning orzusi bor. a) hamma, barcha, har qaysi olmoshlari egalik qo‘shimchalarini oladi. b) Bu olmoshlar 1 – shaxs birlik egalik qo‘shimchalarini olmaydi. Shaxs Birlik Ko‘plik 1-shaxs 2-shaxs 3-shaxs - Hammang Hammasi Hammamiz, har qaysimiz Hammangiz,har qaysingiz Hammalari, har qaysisi 6. Bo‘lishsizlik olmoshlari: inkor ma ‘nosini bildiradi. Hosil bo‘lishi: Hech kim, hech nima, hech qanday, hech qaysi, hech qachon, hech bir, hech narsa. 7. Gumon olmoshlari: narsa, belgi, voqeaning noaniqligini bildiradi. Ikki xil shaklda bo‘ladi: Allakim, allanima, allanarsa, allaqaysi, allaqayer, allaqayoq, allaqancha, allaqanday. Kimdir, nimadir, qandaydir, qaysidir, Hech so‘zi + so‘roq olmoshi a) Alla + so ‘roq olmoshi b) So ‘roq olmoshi+dir 101 qanchadir. Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 1-mashq. Qavs ichidagi kerakli olmoshni qo‘ying. Sen (qaysi?/qanday?) universitetda o‘qiysan? 2. Shartnoma asosida o‘qish (necha?/qancha?) turadi? 3. (U/kimdir) menga qo‘ng‘iroq qildi, lekin telefonimda raqami chiqmadi. 4. Ingliz tilini (men/o‘zim) mustaqil o‘rganganman. 5. Bu kitobni (hech qayerda/ hech qachon) topa olmayapman. 6. Lola Internet orqali O‘zbekistondagi (hamma/har bir) universitet bilan alohida tanishib chiqdi. 7.Oksford universiteti o‘qitish sifatiga ko‘ra dunyodagi kuchli o‘nlikka kiradi, yana (shu/bu) o‘nlikka kiradigan (qanday/qancha) universitetni bilasiz? 8. Seni yana oldin uchrashgan (o‘sha/shu) joyda kutaymi? 2-mashq. Ajratilgan so‘z va birikmalarni olmoshlar bilan almashtiring. 1. Dryu Jilpin Faust Garvard universitetining 28-prezidenti qilib saylandi. …universitetning birinchi ayol rahbari edi. 2. O‘zbekistonda Vest minster universiteti, Singapur universiteti kabi oliygohlar faoliyat yurityapti. …..universitetlar soni ortyapti. 3. Mansur testni yaxshi topshira olmadi. Bunga ….aybdor, ko‘proq o‘qish kerak edi. 4. Majlis zalida 1-,2-,3 – kurs talabalari yig‘ildi. …..bayram kayfiyatida, hursand edi. 5. Kitob, lug‘at, daftar va uyali telefonlarni qoldiring. Testga…… olib kirmang. 6. Xyu Grant, Keyt Bekinseyl, Dadli Mur, Maykl Polin, Terri Jons kabilar ham o‘z vaqtida Oksford talabalari hisoblanishgan. ….mashhur aktyorlardir. 7. Bo‘sh vaqtlarimda kitob o‘qishni yaqshi ko‘raman. Lekin hozir bo‘sh vaqtni….o‘tkazadiganlar kam, deyishadi. 8. Abdulla Qodiriy noyob iste’dod egasi, serqirra shaxs edi, lekin, afsus, ……ajoyib inson zamonasiga sig‘madi. 9. Bu kitobni 2-3 kunga berib turishim mumkin. Lekin keyin shaxsan ..... qaytaring. 10. Kecha stolingizda bir kitobni ko‘rgan edim, ..... menga berib tura olasizmi? 3-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos olmoshlarni qo‘ying va maqollarning ma’nosini izohlab bering. 1. O‘zga elning sultoni bo‘lguncha, ..... elingning cho‘poni bo‘l. 2. O‘zganing toqu ravog‘idan, .... ning ayvoning yaxshi. 3. ...... narsaning otasi 102 – mehnat. 4. Qo‘shning tinch – .... tinch. 5. .... yuragingga sig‘magan sir, o‘zganing yuragiga sig‘maydi. 6. .... o‘z qilmishidan topar. Haromdan yig‘ilgan – haromga ketar. 7. O‘rinsiz g‘azab – ....ga azob. 8. ...... suygan oshini ichadi. 9. ..... himmatiga yarasha topadi. 10. ..... o‘z aybini bilmas. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling