Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 
 
1. Jahondagi yoki vataningizdagi nufuzli universitetlardan biri haqida 
matn tuzing. 
2. Matnda sonning barcha turlarini 
 ishlatishga harakat qiling. 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
Mustaqil ta’lim uchun topshriqlar: 


94
4 B 
Tayanch so‘z va iboralar:  muassasa, andoza, izzat-ehtirom, homiylik, 
umuminsoniy taraqqiyot, asrlar osha, ma’rifat o‘chog‘i, maskan, ulamo, 
koshona, o‘tmish, ixtiyor, mashg‘ul bo‘lmoq, hissa qo‘shmoq, behisob, 
riyoziyot, falakiyot, handasa, mantiq, jug‘rofiya, shular jumlasidan, sahifa, 
peshtoq, asos solmoq, da’vat etmoq, guvohlik bermoq, sayqaliga 
aylantirmoq, xolis niyat, mo‘tadil munosabat, millat ravnaqi, tahsil olmoq, 
tubanda, taraqqiyot to‘lqini, tarmoq otmoq, o‘rta toifa, yuz bermoq, 
o‘qimishli, ma’muriyat, qaror topmoq, e’tirof etmoq, faoliyat yuritmoq, 
dalolat bermoq. 
I. Quyidagi gap qoliplari ishtirokida gaplar tuzing: 
1. .......-ligi tan olinmoq. 
2. ......, deb bejiz aytilmagan. 
3. Qilingan ishlar tubandagilar:............. 
4. ....... sifatida tan olinmoq. 
5. .......... –ligi ma’lum. 
6. ...........-shiga hissa qo‘shmoq 
7. ........ shular jumlasidandir. 
8. Tarixning guvohlik berishicha,…….. yuz bergan. 

 
Matnni o‘qing.
 
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
I. Oliy ta`lim muassasalari ilk 
bor madrasa shaklida Sharqda paydo 
bo‘lgan, keyinchalik ulardan andoza 
olinib G‘arbda universitetlar tashkil 
etildi. Bu madrasa va universitetlar 
umuminsoniy taraqqiyot mezoni 
sifatida asrlar osha oliy ta`lim, ilm-
fan va texnika, madaniyat va ma`rifat 
o‘chog‘i, olim-u ulamolar, kashfiyot-
u yangiliklar maskani bo‘lib keldi. 
II. Prezident Islom Karimovning 
o‘tmish tariximizga yuksak baho 
berib: “Bizda buyuk tarix va buyuk 
ma`naviyat bor” , – deb aytishi bejiz 
emas, albatta. Haqiqatan ham, buyuk 
tariximiz buyuk o‘tmishimizdan 
dalolat berib turibdi. Buyuk 


95
o‘tmishimiz mobaynida jahon tan 
olgan uchta buyuk Uyg‘onish 
(Renessans) davri bo‘lganligi 
endigina to‘la tan olindi.
III. Birinchi Uyg‘onish qadim 
Turkistonda ilk bor IX-XII asrlarda 
yuz berdi. Xalifa Ma’mun davrida 
(IX asrning birinchi yarmi) Xorazm 
davlatida oliy ta’lim, ilm-fan va 
madaniyat rivojlandi, u olimlarga 
katta izzat-hurmat ko‘rsatib, 
homiylik qildi. U Abu Rayhon 
Beruniy taklifiga ko‘ra, Xorazm 
poytaxti Gurganch (hozirgi Ko‘hna 
Urganch) shahrida yangi qurilgan 
koshonalardan birini olimlar 
ixtiyoriga berib, uni “Bayt ul-
hikma” (“Donishmandlar uyi”) deb 
nomlaydi. Bu erda 70 dan ortiq 
olim va tolibi ilmlar, ustoz-u 
shogirdlar ilm bilan mashg‘ul 
bo‘ladilar. Bular: Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy va 
boshqalar edilar. Bu olimlarning
sa’y-harakatlari bilan falsafa, tarix, 
adabiyot, riyoziyot, falakiyot, 
handasa, mantiq, jug‘rofiya, 
tibbiyot fanlari rivojlanib, insoniyat 
uchun eng zarur ilmiy masalalar 
yechimiga behisob hissa qo‘shildi.
Ibn Sino yaratgan tibbiyot ilmi 
bilan Xorazmiy tomonidan cheksiz 
sanoq soni “Al-jabr”ga asos 
solinishi shular jumlasidandir.
IV. “Ma’mun akademiyasi” 
Turkiston Uyg‘onish davrining 
yorqin namunalaridan hisoblanadi. 
Bu davr butun dunyoni, ayniqsa, 
Yevropani o‘ziga qaratgani va 
keyinchalik uning uyg‘onishiga 
asos solganligi jahon tarixidan 
yaxshi ma’lum. 
Abdurauf Fitrat 1912-yilda 
yozgan “Hind sayyohi bayonoti” 
nomli asarida mazkur sayyoh 
nomidan Fransiya universiteti olimi 
Sharl Sanivyusning ushbu so‘zlarini 
keltirdi: “Ovro‘paliklar 
musulmonlar taraqqiyotini xolis 
niyat bilan qabul qilib, kasb va ilm 
o‘rganish niyatida islom 
shaharlarida tahsil oldilar. Ovro‘pa 
musulmonlar bilan aloqa va 
munosabat o‘rnatish orqali taraqqiy 
qilgan. Ovro‘paliklarning islom 
olamidan qabul qilgan ishlari 
tubandagilar: ziroat, sanoat, al-jabr 
va al-muhobala (algebra va 
ehtimollar nazariyasi), handasa, 
chizmachilik, kimyo, hisob va 
hokazo...” 
V. Keyingi ilmiy-madaniy 
taraqqiyot, ya`ni ikkinchi uyg‘onish 
davri Sohibqiron Amir Temur va 
temuriylar davrida yuz berdi. Ilm-
fan, madaniyat va ma`rifat homiysi 
buyuk Temur ulkan saltanat 
yaratish bilan birga, o‘z yurtining 
oqillari atrofiga yetti iqlimda 
tanilgan ilm va hunar egalarini 
to‘plab, Samarqandni yer yuzining 
sayqaliga aylantirdi.
Sohibqironning nabirasi Mirzo 
Ulug‘bek o‘z “Zij”i bilan ilm-fan 
tarixida yangi sahifa ochdi. Uning 
XV asr mo‘jizasi bo‘lgan mashhur 
rasadxonasi, Hazrat Navoiy ta’biri 
bilan aytganda, “Jahonning chiroyi” 
bo‘lib qoldi. Falakiyot ilmini 
rivojlantirgan Ulug‘bek shu ilmning 
eng yorug‘ yulduziga aylandi. O‘zi 


96
qurdirgan madrasalardan birining 
peshtog‘iga “Bilim olish har bir 
musulmon erkak va ayoi uchun 
fatzdir”, – degan hadisni yozdirib
hamma musulmonlarni diniy va 
dunyoviy ilmli bo‘lishga da’vat 
etdi. Tarixning guvohlik berishicha, 
din bilan dunyoviylik o‘rtasida 
mo‘tadil munosabat o‘rnatilgan 
davrda jamiyat taraqqiyoti, millat 
ravnaqi, ilm-fan va texnika rivoji 
yuz bergan.
VI. Madaniy taraqqiyotning 
yana bir to‘lqini Shayboniyxon va 
shayboniylar davri bilan bog‘liq. 
Uning tarixdagi xizmatlarini yuksak 
darajada baholab, Islom Karimov 
shunday deydi: "Shayboniyxon 
Buxoro madrasalarida tahsil 
ko‘rgan o‘qimishli odam bo‘lgan. 
Buxoroda olgan ilm-ma`rifatini 
hokimiyat tepasiga kelgach, yana 
yurtiga qaytarib bergan" .
VII. Ona tariximizda milliy 
madaniy hayot yuksak darajada 
taraqqiy etgan davrlar ko‘p bo‘lgan. 
Dunyo sayqali Samarqand, Buxoroi 
sharif, buyuk alloma va shayxlar 
makoni Termiz, Toshkenti azim, 
Qo‘qondi latif va boshqa 
shaharlarda oliy hamda o‘rta 
toifadagi tabarruk ilm maskanlari – 
madrasalar keng tarmoq otgan. 
Birgina Buxoroda dunyoga 
mashhur 400 ta olim va ulamolar 
tarbiya topgani ma’lum.
1912 – yilda shaharda oliy
o‘rta va quyi toifalardagi ikki yuzga 
yaqin madrasa bo‘lgan. 
O‘tmishdagi madrasalarda ta’lim va 
tahsil olib, o‘z ilmi, aql-zakovati, 
tafakkuri va kashfiyotlari bilan 
dunyoni lol qoldirgan olimu 
fuzalolarimizning ilmiy-ijodiy 
merosidan butun dunyo bahramand 
bo‘lib kelgan va kelmoqda. Buni 
atoqli qirg‘iz adibi Chingiz 
Aytmatovning ushbu so‘zlari 
isbotlab turibdi: “Qadim Gretsiya 
Yevropada sivilizatsiya o‘chog‘i 
sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, 
O‘zbekiston va o‘zbek xalqi 
Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va 
barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi 
shunday o‘rin egallagan”.
VIII. Jadid ziyolilari millat va 
jamiyat taraqqiyotida tub burilish 
yasab, yangi, ya`ni jadid 
madaniyatini qaror toptirdi. 
Mumtoz adabiyot yangilanib, 
ijtimoiy-siyosiy mazmun kasb etdi. 
Millatdagi milliy uyg‘onish 
alomatlari paydo bo‘lganligini ilk 
bor e’tirof etganlar ham jadidlar 
bo‘ldi . Jadidlar milliy, dunyoviy 
oliy ta`lim g‘oyasini olg‘a surish 
bilan birga oliy o‘quv yurti tashkil 
etish uchun jiddiy tayyorgarlik va 
amaliy-tashkiliy ishlar ham olib 
bordilar. Bu jadid maktablarida 
matematika, geografiya, tarix, ona 
tili va adabiyot, rus tili kabi 
dunyoviy ilmlarni o‘qitishdan 
boshlandi. Jadid maktablari ikki 
bosqichli to‘rt yillik boshlang‘ich 
va yetti yillik o‘rta ta’lim tizimidan 
iborat bo‘ldi. O‘qish pullik bo‘lib, 
hozirgi ta’lim marketingiga o‘sha 
paytlarda asos solingandi. 
Kambag‘allarning bolalari esa tekin 
o‘qitildi. Bundan tashqari jadidlar 
Toshkentda “Ko‘mak”(1909) va 


97
“Doril ojizin” (1923), Buxoroda 
“Tarbiyai atfol” (1910) deb 
nomlangan maxsus xayriya 
jamiyatlarini tashkil etib, millat 
farzandlarining dunyoviy oliy 
ta`lim olishlariga homiylik qildilar.
1917-yil arafasida Ubaydullaxo‘ja 
Asadullaxo‘jaev “Sadoyi 
Turkiston” gazetasida maqola bilan 
chiqib, o‘lka harbiy ma`muriyati 
oldiga Toshkentda musulmonlarga 
bir Oliy dorilmuallimin 
(o‘qituvchilar instituti) va bir 
madrasai Oliya (universitet) ochib 
berish masalasini qo‘yadi. Bundan 
tashqari 1916-yilda jadidlar guruhi 
talabiga ko‘ra Turkistonga 
A.F.Kerenskiy boshchiligida kelgan 
Rossiya davlat Dumasining maxsus 
komissiyasi oldiga ham 
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev 
musulmonlar uchun universitet 
ochish talabini qo‘yadi. Rossiya 
imperiyasida 1917-yilning fevralida 
yuz bergan inqilobga qadar 
jadidchilik harakati vakillari 
dunyoviy oliy maktab (universitet) 
g‘oyasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu 
esa o‘sha paytda dunyoviy oliy 
ta’lim millat ehtiyojiga 
aylanganligidan dalolat bo‘ldi. 
IX. Markaziy Osiyodagi eng 
birinchi va eng katta universitet 
hisoblangan O‘zbekiston Milliy 
universiteti 1918-yildan beri turli 
nomlar bilan faoliyat yuritib 
kelmoqda. 
Milliy universitet 
talabalari o‘z sohalarining 
mutaxassislari bo‘lish bilan bir 
qatorda, shu yo‘nalish bo‘yicha 
pedagog ham bo‘lib yetishishadi. 
Universitetda tarix, o‘zbek 
filologiyasi, geografiya, geodeziya, 
kartografiya, kadastr, biologiya va 
boshqa yo‘nalishlar bor. Ushbu 
yo‘nalishlarda tahsil olishni 
xohlaganlar ona tili va adabiyot, 
tarix, matematika, fizika hamda 
chet tili fanlaridan test 
topshirishadi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling