HAYOTDA O‘Z O‘RNIGA EGA BO‘LISH…
Aziz talaba, mana bolaligingdan orzu qilgan (balki sen emas, sening ota-
onang buni juda istagandir), shu dargohda o‘qish sharafiga muyassar bo‘lish
uchun erta-yu kech test savollariga tayyorlanib, eng nufuzli oliygohlardan
birining TALABASI bo‘lding. Uzoq vaqt sirli va go‘yoki hech qachon
“qo‘ling yetmaydigan darvoza” eshiklari bugun sen uchun ochiq. Kechagina
bu dargohda o‘qiydigan talabalarga havas qilib, ularning biriga aylanish
uchun butun boringni berishga tayyor eding. Bugun esa ularning safidasan.
Auditoriya eshiklarini ochar ekansan, qalbingdagi hayajon bo‘g‘zingga
tiqilib, tushuntirib bo‘lmas bir tuyg‘u seni g‘alati ahvolga solib qo‘ysa,
bilginki, sen o‘z o‘rningni topib kelding.
Ba’zida darsda o‘tirgan talabalar orasida loqayd, bo‘m-bo‘sh ko‘zlarni
ko‘rib (gaplarimni ko‘nglingga qattiq olma), “bu yerda nima qilyapsan? O‘z
o‘rningni topsang-chi. Axir butun hayoting shunday o‘tib ketishi mumkin-
ku…” deyishni istaydi kishi… Agar sen ham shunday “adashganlar”ning
biri bo‘lsang, hali ham kech emas. Butun umr achingandan ko‘ra hozir bu
haqida jiddiy o‘ylab ko‘rib, layoqating, iste’doding, xohishingga mos kasbni
tanla. Xatoni o‘z vaqtida tuzatish juda muhim, keyingi pushaymon esa,
bilasan – o‘zingga dushman bo‘ladi.
Esingdami, bolaligimizda sevib o‘qigan ertaklarimiz qahramonlari ham
o‘z baxtini izlab uzoq yo‘lga chiqqanlarida uch yo‘ldan birini tanlashlari
kerak edi.
Agar sen ham o‘z kelajagingni ota-onang bilan maslahatlashib, o‘zing
tanlagan bo‘lsang, u holda barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishingga
ishonaman.
Hayotda to‘g‘ri kasb tanlash juda qiyin bo‘lsa, lekin o‘zing sevmagan,
senga hech qanday zavq bermaydigan kasb bilan shug‘ullanish undan ham
mushkuldir. Bu– haqiqiy baxtsizlik.
Hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lish… Aziz talaba, bu haqida jiddiy o‘ylab
ko‘rdingmi? “Diplomni olvolay, keyin bir gap bo‘lar”, tarzida yo‘l
tutmayapsan degan umiddaman… Ishon, “diplomli adashganlar” sensiz ham
Do'stlaringiz bilan baham: |