90
marta kes. 14. O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda …. –
o‘rinda turadi.
2-mashq. Sonlarning yozilishidagi xatolarni toping va ularni to‘g‘ri
shaklda yozing.
1. Sorbonna ning to‘rta universiteti Parij va Ilde-Fransda,
Sorbonna ning
tarixiy binolarida joylashgan, qolganlari – Parijning
boshqa kvartallari va
shaharchalaridadir.
2. Do‘stim bilan ikkialamiz bolalikdan birga o‘sganmiz.
3. Testlar qiyin edi,
lekin Katya, men va Rustam uchchalamiz yuqori ball
oldik.
4. O‘zbekiston Milliy universiteti 1918 yilda tashkil qilingan.
5. O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda 7-nchi o‘rinda turadi.
6. Guruhimizdagi sakkizala talaba turli viloyatlardan kelgan.
7. Zalda ikki yuzlab talaba yig‘ildi.
8. Kutubxonadan har xil fanlarga oid o‘n ikki kitoblarni oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: