Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Qaysi qatordagi gapda belgining kuchsiz darajasi berilgan
- 4-DARS KUCH BILIM VA TAFAKKURDA 4 A Tayanch so‘z va birikmalar
O‘zingizni tekshiring
84 7. Qaysi gapda shart ma’nosi ifodalandan? A. Sen kelganda, men uyda emas edim. B. Men aytsam bo‘ladimi? C. Ertalab kelsam, hech kim yo‘q ekan. D. Kecha kelganingda edi, qiziq ma’ruza eshitar eding. 8. Qaysi qatordagi gapda belgining kuchsiz darajasi berilgan? A. Munavvarning yuzi oppoq, ko‘zlari katta-katta. B. Moviy osmonda bulutlar suzib yuribdi. C. Atrof qop-qorong‘i, hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi. D. Lolaning sochlari sarg‘ish rangda. 9. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘ying. Agar sen kecha kel..., bugun hech qanday muammo bo‘l... A. – sang; -maydi; B. -sang edi; -masdi; C. -sang edi; -madi; D. -ganingda; -ardi; 85 4-DARS KUCH BILIM VA TAFAKKURDA 4 A Tayanch so‘z va birikmalar: xalqaro miqyosdagi o‘quv dargohi, bilimlar ramzi, oliy ta’lim, amaliy maktab, devonxona, ommaviy axborot vositalari, ko‘paymoq, obro‘ga ega bo‘lgan universitet, universitetlar birlashmasi, inqilob, ta’lim yo‘nalishi , ma’muriy, baravar, obro‘, obro‘ga ega bo‘lgan universitet 1. Quyidagi gap qoliplari ishtirokida gaplar tuzing: 1. .....nafaqat, ..... balki........... 2. ...................., deb hisoblanadi. 3. ........ sababli, ............ 4. ...............-ga ega. 5. .......kabilarni o‘z ichiga oladi. 6. .......-shi / -gani bilan ajralib turadi. 7. ......-ning tarkibiga ........ –lar kiradi. Matnni o‘qing SORBONNA “Sorbonne” nomi avvaldan boshlang‘ich bilimlar ramzi va nafaqat fransuz, balki butun Yevropa klassik ta’limotining etaloni hisoblanadi. U shunchaki oddiy bir universitet emas, bir necha universitetlar birlashmasidir. Sorbonna – Yevropadagi qadimiy universitet. U 1215-yilda ochilgan. Sorbonna xalqaro miqyosdagi o‘quv dargohidir. Undagi to‘rtta ilohiyot, huquq, tibbiyot va san’at fakultetlarida fransuzlar va inglizlar bilan bir qatorda pikardiylar va normandiyaliklar ham tahsil olishgan. Vaqt o‘tishi bilan Sorbonna kengayib borgan. XVII asrda kardinal Rishelye Sorbonnani yangilagan va kengaytirgan, ammo 1789-yilgi Fransuz inqilobi sababli u 1791-yilda yopilgan. 1821-yilda universitet qayta ochilgan. 86 Sorbonnada turli yillarda Jozef Gey-Lyussak, Antuan Lavuarye, Lui Paster, Pyer va Maria Kyuri kabi mashhur olimlar ishlaganlar. 1972-yilda Sorbonna yoki Parij universiteti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi o‘n uchta universitetga qayta bo‘lingan. Ularning to‘rttasi, asosan, Parij va Ilde-Fransda, Sorbonnaning tarixiy binolarida, qolganlari esa Parijning boshqa kvartallari va shaharchalarida joylashgan. Tarixiy binolarda joylashgan universitetlar: Parij I yoki Panteon – Sorbonna; Parij III (Yangi Sorbonna), Parij IV (Parij Sorbonna) va Parij V (Rene Dekart nomidagi universitet)dir. Ular yagona infratuzilmaga ega(masalan, barchasi uchun bir bo‘lgan universitetlararo kutubxona), shuningdek, umumiy ma’muriy va o‘quv birliklari – oliy ta’limning amaliy maktabi, xartiyalarnimg milliy maktabi, Parij universitetlarining devonxonasi va Akademik rektoratni ham o‘z ichiga oladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling