Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

Panteon-Sorbonna. Uning ikkinchi nomi Parij I bo‘lib, Panteon 
maydonida joylashgan. Bu yerda 40 mingga yaqin talaba o‘qiydi. Universitet 
o‘z ichiga huquq, iqtisodiyot, san’at va arxeologiya tarixi, xalqaro va 
Yevropa munosabatlari, geografiya, tarix, falsafa, siyosat, ijtimoiy fanlar, 
matematika va informatika fakultetlarini oladi.
Yangi Sorbonna yoki bo‘lmasa, Parij III deb nomlanuvchi universitet 
Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, oldingilaridan kichkinaligi va 
ijtimoiy fanlarga yo‘nalganligi bilan ajralib turadi. U 1253-yilda tashkil 
topgan. Yigirma mingga yaqin talaba bu yerda fransuz va lotin tili va 
adabiyoti, umumiy va amaliy til va fonetika, umumiy va qiyosiy adabiyot, 
fransuz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish, nemis tili, ingliz tili, ispanistika va 
Lotin Amerikasi davlatlari, Italiya va Ruminiya davlatshunosligi, 
sharqshunoslik va arabistika, teatrshunoslik, kinoshunoslik, ommaviy axborot 
vositalari kabi fanlarni o‘rganadilar.
Parij-Sorbonna universiteti, boshqacha aytganda, Parij IV Viktor 
Kuzen ko‘chasida joylashgan. Bu yerda 25 mingdan ortiq talaba o‘qiydi. Bu 
o‘quv maskanida fransuz adabiyoti, fransuz, lotin, grek, ingliz, italyan va 
rumin kabi tillar, shuningdek, slavistika, ispanistika, tarix, geografiya, musiqa 
va musiqashunoslik hamda amaliy gumanitar fanlar o‘qitiladi.
Va nihoyat, Rene Dekart nomidagi universitet, ya’ni Parij V Ekol de 
Medsin ko‘chasida joylashgan. Talabalar soni – 30 ming nafar. Universitet 
tarkibiga biomeditsina fakulteti va bo‘limlari, shuningdek, bolalar 
kasalliklari, tish xirurgiyasi, jismoniy tarbiya va sport, farmatsevtika va 
biologiya, matematika va informatika, gumanitar va ijtimoiy fanlar, 
psixologiya, huquq fakultetlari kiradi.
Sorbonna kutubxonasi birinchi marta 1770-yil 3-dekabrda ishga 
tushurilgan. O‘sha paytda uning fondida yigirma ming tom kitob bor edi. 
1997-yilga kelib kitoblar soni uch baravar ko‘paydi.


87
Sorbonna universitetlari butun jahonda katta obro‘ga ega bo‘lgan 
universitetdir. 


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling