Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

Sanoq sonning turlari: 
1. Miqdor son. Hech qanday qo‘shimchalarsiz ishlatilib, narsaning 
miqdorini bildiradi: ikki talaba, besh qavatli. Miqdor sonlar hisob so‘zlar 
bilan ham ishlatiladi. Hisob so‘zlar hajm-o‘lchovni bildiruvchi ot 
turkumidagi so‘zlardir. Masalan:  kilogramm, hovuch, tilim, bo‘lak, dasta, 
bosh, chaqmoq, chimdim… 
2. Dona son. Narsaning donalab sanalgan miqdorini bildiradi. Hosil 
bo‘lishi: 
Son+ta – to‘qqizta, yigirmata 
Son + dona, nafar – ikki dona, olti nafar 
3. Jamlovchi son. Jamlangan miqdorni bildiradi. Hosil bo‘lishi: 
son+ ala: to‘rtala 
son+ov: beshov 
son+ovlon: ikkovlon 
 
 


89

 
 Eslab qoling: 
 ikki, olti, yetti sonlariga ushbu qo‘shimchalar qo‘shilsa, tovushi tushib 
qoladi. 
Ikki, olti, yetti+-ov,– ala, -ovlon–oltov, ikkala, yettovlon 
Bu qo‘shimchalar qo‘shiladigan sonlar: 1,2,3,4,5,6,7,10 
4. Chama son narsaning taxminiy miqdorini bildiradi. 
Hosil bo‘lishi: son+tacha: o‘ntacha 
Son+lab: yuzlab, minglab 
Son+larcha: milliardlarcha 
Son+larda:  to‘rtlarda 
Sonlarni juftlash orqali: uch-to‘rt
Chamasi, taxminan so‘zlari yordamida: chamasi soat 4 da. 
5. Taqsim sonlar: 
Miqdorni taqsimlab ifodalaydi: 
Hosil bo‘lishi: son + tadan: ikkitadan bo‘lib berdi. 
Dona-son takroridan: uchta-uchta
6. Butun sonlar bo‘linmagan miqdorni bildiradi: o‘n, yigirma besh 
7. Kasr sonlar butunning qismini bildiradi  
Hosil bo‘lishi:
1. son+dan – beshdan uch 
2. son + taqsim + son – bir taqsim ikki (yarim) 
3. maxsus so‘zlar orqali – yarim, chorak, nimchorak

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling