Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Matn bo‘yicha topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 Matn bo‘yicha topshiriqlar:
 
1. Savollarga javob bering. 
 Sorbonna universiteti qachon tashkil etilgan ? 
 Sorbonna universitetida qanday fanlar o‘qitiladi ? 
 Universitet qachon qayta bo‘lingan ? 
 Sorbonna ning tarixiy binosida qaysi universitetlar joylashgan ? 
 Sorbonna kutubxonasi haqida qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz ? 
 Dunyoning yana qanday mashhur universitetlarini bilasiz ? 
2. Xato gaplarni to‘g‘rilang. 
1. XVIII asrda kardinal Rishelye Sorbonnani yangilagan va 
kengaytirgan, ammo 1789-yilgi Fransuz inqilobi sababli u 1791-yilda 
yopilgan. 
2. 1972-yilda Sorbonna yoki Parij universiteti 15 ta universitetga qayta 
bo‘lingan. 
3. Panteon-Sorbonnada yigirma mingga yaqin talaba o‘qiydi. 
4. Yangi Sorbonna o‘zining kattaligi va aniq fanlarga yo‘nalgani bilan 
ajralib turadi.
5. Rene Dekart nomidagi universitet fondida hozir yigirma mingta kitob 
bor. 
6. Parij IVda talabalar soni Parij IIIdagiga qaraganda 5000 marta ko‘p. 
7. 1997-yilda Sorbonna kutubxonasi fondida oltmish mingdan ziyod 
kitob bor edi. 
8. 1215-yilda ochilgan Sorbonna universiteti qariyb 500 yildan ortiq 
faoliyatidan so‘ng inqilob sababli yopilgan. 
9. Sorbonnada eng ko‘p talabalar Parij Ida ta’lim oladilar. 
10. Parij III va IVda tilshunoslik sohasi bo‘yicha ta’lim beriladi. 
 
G R A M M A T I K A 
O‘ZBEK TLIDA NARSA-BUYUMNING SON-SANOG‘I 
VA TARTIBINING IFODALANISHI 
(Son) 
Son predmetning miqdori va sanoqdagi tartibini bildiradi. Shunga ko‘ra 
2 xil bo‘ladi: sanoq sonlar va tartib sonlar. 
 
 


88
Sanoq sonlar
 
 Tartib sonlar 
1-bir 
2-ikki 
3-uch 
4-to‘rt 
5-besh 
6-olti 
7-yetti 
8-sakkiz 
9-to‘qqiz 
10-o‘n 
20-yigirma 
30-o‘ttiz 
40-qirq 
50-ellik 
60-oltmish 
70-yetmish 
80-sakson 
90-to‘qson 
100-yuz 
1000-ming 
birinichi 
ikkinchi 
uchinchi 
to‘rtinchi 
beshinchi 
oltinchi 
yettinchi 
sakkizinchi 
to‘qqizinchi 
o‘ninchi 
yigirmanchi 
o‘ttizinchi 
qirqinchi 
elliginchi 
oltmishinchi 
yetmishinchi 
saksoninchi 
to‘qsoninchi 
yuzinchi 
minginchi 
Tartib son unlidan keyin –nchi va undoshdan keyin –inchi 
qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling