Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

Nazariy ma’lumotlar: 
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli 
darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi turlarini o’z ichiga 
oladi: 
 Maktabgacha ta’lim; 
 Umumiy o’rta ta’lim; 
 O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 
 Oliy ta’lim; 
 Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 
 Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
 Maktabdan tashqari ta’lim.
Biz faqat ta’lim turlarinigina bilib qolmasdan, balki har bir turining mazmuni, maqsadi va 
vazifalari haqida ilmiy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishimiz darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqz 
yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rtamaxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. 
Bu esa, umumiy o’rta ta’lim dasturidan o’rta maxsus, kasb-hunar dasturlariga izchil o’tilishini 
ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim (I-IVsinflar), 
umumiy o’rta ta’lim (I-IX sinflar), o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-hunar ta’limi dasturlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriant, 
magistratura) ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlashni qamrab oladi.
Maktabgacha ta’lim. Mazkur ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga 
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. U o’quvchilikka intilish hisi uyg’otiladi 
va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga oilada, bolalar bog’chasida, 
mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’limning 
maqsadi vavazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro 
fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’limi yaxshilash uchun tarbiyachi, pedagog kadrlarni tayyorlash
maktabgacha ta’limning samarali pedagogik - psixologik uslublarini izlash, bolani oilada 
tarbiyalashda psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;zamonaviy o’quv uslubiy 
qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar maydonlar yaratish va hayotga tadbiq qilish 
maktabgacha yoshdagi bolalarni halqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida tarbiyalashga 
shart-haroit yaratish hamda ularning sog’ligini ta’minlash va chiniqtirish bo’yicha qulay sharoit 


140 
yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga solish, axloq-
odob xulq-tvor tarbiyalash, rasm chizish, harf elementlarini mashq qilish, sanash, hisoblash, 
nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Ulardan madaniy xulq-atvor, sodda mehnat ko’nikmalari, gigiyena qoidalari o’rgatiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling