Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc
Download 0.74 Mb.
|
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur
BUZURJMEHR
Bir guruh hind hakimlari bir majlisda Anushervonni mashhur donishmand vaziri Buzurjmehrning kamolotini ta’rif va tavsif qilib, unda bor-yo‘g‘i bir aybdan boshqa ayb topa olmadilar: Buzurjmehr bir masala haqida so‘zlarkan, to‘xtab-to‘xtab, bir oz o‘ylab so‘ngra so‘zini davom ettirardi. Uning bu ishi tinglovchining anchagina vaqtini olardi. Buzurjmehr hind hakimlari tomonidan o‘ziga qo‘yilgan mana shu birgina aybni eshitib aytdi: — Avval «nimani so‘zlasam ekan?» deb o‘ylagandan keyin so‘zlash — «bu noma’qul so‘zlarni nega so‘zladim?» deb pushaymon qilishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Bayt: O’ylamasdan so‘zlama, saqlab o‘zingni so‘zlagil. Yaxshi o‘ylab, so‘ngra so‘zla, tez olg‘irlik qilmagil. UMAR Qadim zamonda Halab shahrida Umar nomli saxovatli, olijanob bir odam yashardi. Bir kun yo‘lda ketayotgan edi, bir hovli eshigi yonida ikkita go‘dak bolasini bag‘riga bosib yig‘lab o‘tirgan xotinni ko‘rib qoldi. Umar xotinning parishon holiga rahm qilib, darhol uning yoniga bordi. — Singlim, nega yig‘lab o‘tiribsan, senga nima bo‘ldi, kim senga ozor berib, dilingni vayron qildi?— deb so‘radi. Xotin achchiq-achchiq ko‘z yoshlarini to‘kib, holini bayon qilishga kirishdi: — Menga hech kim ozor bergani yo‘q, faqat tolesizligimdan noliyman, baxtsizligimdan ko‘z yoshlarimni to‘kib fig‘on etaman. Ilgari turmushimiz yax-shigina o‘tib turgan edi. Bundan bir yil avval erim og‘ir kasallikka yo‘liqib vafot topdi. Men shu ikki go‘dak bolam bilan dod-faryod qilib qolaverdim. Men o‘zim kasalmand, nimjon xotin bo‘lganim uchun biror ishga kirishib maishatimizni ta’min etishga madorim yo‘q edi. Bir yilgacha uydagi bor narsalarimni sotib bolalarim bilan birga umr kechirdim. Endi hech narsamiz qolmadi. Ochlik, yalang‘ochlik xavfi ostida qoldik. Bundan keyin ahvolimiz qanday kechishini bila olmay baxtsizligimdan nola qilib yig‘lab o‘tiribman. Umar bechora xotinning nolasiga chidolmay ko‘ziga yosh oldi, bolalarni qo‘liga olib quchoqlab, yuz-ko‘zlaridan o‘pib erkaladi, xotinga tasalli berib: — Singlim, yig‘lama, o‘rningdan tur, sizlarni uyimga olib ketaman, mening mehmonim bo‘lasiz, men sizlarni shunday ahvolda qoldirmayman. Yordam beraman, bu mitti, go‘zal bolalaring menga har narsadan ham qimmat turadi,— dedi va bolalarni yana erkalab yuz-ko‘zlaridan o‘pdi. Xotin bechora shodlanib o‘rnidan turdi, yig‘lab Umarga minnatdorchilik bildirdi. Umar ikki go‘dakni ko‘tarib oldi. Xotin hovli eshigini qulflab Umar bilan birga yo‘lga tushdi. Umarning oilasi bu baxtsiz mehmonlarni shodlik bilan qarshi oldi. Ularni yaxshilab ziyofat etdilar, xotin va ikki yetim go‘dakka yangi liboslar kiydirdilar. Umarning xotini va qizlari go‘daklarni erkalab, qo‘llaridan tushirmas edilar. Xotin bir necha kun mehmon bo‘lib turgandan keyin o‘z uyiga qaytish uchun ruxsat so‘radi. Umar darhol yog‘, go‘sht, guruch va bir qon un tayyorlab aravaga ortdi. Baxtsiz mehmonlarni ham aravaga o‘tqizib uylariga olib kelib qo‘ydi. Keyin xotinning qo‘liga ko‘pgina pul berib: — Singlim, mana bu pulni xarajat etib uy asboblaringni tuzatib ol. Pul va keltirilgan oziq-ovqatlar tamom bo‘lsa, yana mening uyimga kel, yana yordam beraman. Aslo xafa bo‘lma, bolalaringni yaxshi tarbiya qil, sen mening qiyomatli singlimsan!— dedi. Bechora xotin ko‘zlaridan shodlik yoshlarini to‘kib, Umarga minnatdorchilik bildirdi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling