Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc


Download 0.74 Mb.
bet15/51
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#233507
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur

TADBIRKOR VAZIR

Bir podshohning juda ham chiroyli oti bor edi, Podshoh otini juda sevardi. Kunlardan bir kun uning ana shu go‘zal va chopqir oti kasallanib o‘ldi. G’azab otiga mingan podshoh otboqarini o‘ldirish qasdida huzuriga chaqirtirdi. Uning dono vaziri bor edi. Vazir oraga tushib, podshohni bu niyatidan qaytardi:

— Podshohim, sabr qiling, avval bu yaramas otboqarning qilgan jinoyati qanday natijalar berganini o‘ziga birma-bir aytaylik, iqror bo‘lgandan keyin o‘ldirsangiz bo‘ladi,— dedi. Keyin otboqarga, go‘yo g‘azablangan bo‘lib, aytdi:

Ey yaramas otboqar, qilgan jinoyatingni keltirgan yomon natijalarini bilasanmi? Bilmasang, men birma-bir aytib beray, aybingga iqror bo‘lsang, o‘limdan ozod bo‘lib, yana xizmatingni davom ettirasan.

Birinchidan, bilamiz, podshohimizning otini yaxshilab boqding, uning o‘lishinigina emas, hatto kasal bo‘lishini ham istamading, lekin bechora ot qazosi yetib, o‘lib qoldi. Balo-qazoni qaytarib, otning umrini uzaytirishga nega kuching yetmadi? Mana shuning uchun aybdorsan, to‘g‘rimi, ey nobakor otboqar, aybingga iqror bo‘l?!

Ikkinchidan, bilamiz, otni sen o‘ldirmading, umri tugab, qazosi yetib o‘ldi, lekin podshohimiz sendan gumon qilib, shu darajada g‘azablandilarki, muborak qo‘llariga qilich olib, seni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Bu ishlari bilan olamga kulgi bo‘lishlariga sal qoldi. Buning uchun ham sen aybdorsan, aybingni bo‘yningga ol!

Uchinchidan, podshohimiz bir ot deb seni o‘ldirsalar edi, butun odamzod:—«Falon podshoh bir hayvon deb otboqarini o‘z qo‘li bilan o‘ldirgan, insondan hayvonni ortiq hisoblagan, insonning qadrqimmatini yerga urgan»,— deb podshohimizga la’nat o‘qirdilar, nafrat nazari bilan boqardilar, shu bilan podshohimizning muborak nomlari bulg‘anardi. Bunga yana sen sababchi bo‘larding. Kel, podshohimizga uzr ayt, hamma ayblaringga iqror bo‘l, undan keyin podshohimiz nima qarorga kelsalar, o‘zlari biladilar. Mening so‘zlarimni uqdingmi, yaramas otboqar?

Podshoh tadbirli vazirning kinoyali so‘zlaridan ta’sirlanib, qo‘lidagi qilichini uloqtirib yubordi, otboqarni o‘ldirishdan qo‘l chekdi, uni yana o‘z xizma-tiga qo‘ydi. Shunday qilib tadbirli vazir g‘azab otiga mingan podshohni nojo‘ya harakatdan to‘xtatdi, uni ogohlantirdi, shu bilan gunohsiz otboqarni o‘limdan qutqazdi.

Bayt:

Har kishida bo‘lsa erlikdan nishon, Hech bir odamga ravo ko‘rmas ziyon.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling