Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Vafot etgan odamning tepasida bo'lgan kishi uning oilasiga shaxsan o'zi
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Janozaga chaqirmoq
- 6-bob. Bolasi olgan odamning Ollohning irodasiga rozi bolib, sabr-toqat qilmogining afzalligi
4-bob. Vafot etgan odamning tepasida bo'lgan kishi uning oilasiga shaxsan o'zi
xabar yetkazmog'i joiz Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam Najoshiy vafot etgan kuni sahobai kiromlariga shaxsan o'zlari xabar berdilar, keyin sahobalari birlan namozgohga chiqib, saf tortib, to'rt marta takbir aytib (g'oyibona) janoza o'qidilar». Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko'zlari jiqqa yoshga to'lib: «(Jangda) bayroqni Zayd qo'lida tutib borar erdi, shahid bo'ldi, so'ng bayroqni Ja'far qo'liga oldi, ul ham shahid bo'ldi, keyin bayroqni Abdulloh ibn Ruvoha oldi, ul ham shahid bo'ldi. Bayroqni Xolid ibn Valid qo'liga oldi, zafar bizga yor bo'ldi»,- dedilar bir necha qayta». 5-bob. Janozaga chaqirmoq Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidda xizmat qilib yurguvchi bir kishining janozasini o'qib, ko'mib yuborishganda): «Meni chaqirsangiz bo'lmasmidi?» - dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni kasalligida borib ko'rib kelib turardilar. O'sha kishi kechasi vafot etib qoldi. Sahobalar uni o'sha kechasiyoq dafn qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ersa, tongda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga uning vafot etgani to'g'risida o'z vaqtida xabar qilmog'ingizga ne mone'lik qildi?»- dedilar. «Kechasi bo'lgani uchun sizni qiynab qo'ymoqni istamadik»,- deyishdi. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'sha kishining qabriga borib janoza o'qidilar». 6-bob. Bolasi o'lgan odamning Ollohning irodasiga rozi bo'lib, sabr-toqat qilmog'ining afzallig'i Olloh taolo azza va jalla: «Sabr qilganlarga (Ollohning rahmati haqida) xushxabar aytingiz!» - deydir. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar orasida uchta bolasi o'lgan musulmon bo'lsa, Olloh taolo uni o'sha bolalariga nisbatan qiladirgan rahmati tufayli jannatga kirgizgaydir» ,— dedilar». Abu Sa'id roziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to'da ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Muayyan bir kunni belgilab, bizga va'z qilsangiz»,- deyishdi. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kunni belgilab, xotinlarga va'z aytdilar: «Qaysi bir xotinning uch bolasi o'lsa, o'shal bolalari uni parda bo'lib do'zax o'tidan to'sib turishg'aydir»,-dedilar. Bir xotin: «Ikkita bolasi o'lgan bo'lsa-chi?» - deb so'radi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikkita bo'lsa, ham»,-dedilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar norasida bolalari o'lgan bo'lsa, deganlar»,- deydilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, birorta musulmonning uchta bolasi o'lmasin! Mobodo, uchta bolasi o'lgan musulmon do'zaxga tushsa ham birrov kirib chiqg'aydir, xolos (Olloh taoloning: «Orangizda do'zaxga kirmaydiganingiz bo'lmag'aydir» degan so'ziga binoan)»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling