Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Mayyitni o'ng a'zolaridan boshlab yuviladir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

10-bob. Mayyitni o'ng a'zolaridan boshlab yuviladir
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari 
Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizga: «Avval o'ng a'zolaridan va tahoratda 
yuviladirgan joylaridan boshlab yuvingiz!» - deganlar».
11-bob. Erkak kishining izoriga ayol kishini kafanlab bo'ladirmi?
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari vafot 
etganda bizga: «Uni uch marta yokim besh marta yokim lozim topsangiz, undan ham 
ko'proq yuvingiz, yuvib bo'lganingizda menga xabar qilingiz!» - dedilar. Biz mayyitni 
yuvib bo'lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Uni (Zaynabni) avval shunga o'rangiz!» - 
dedilar»,
12-bob. Eng oxirida suvga kofur qo'shib yuviladir
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri 
vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kirib: «Uni suvga sidr 
qo'shib uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur bo'lsa, undan ham 
ko'proq yuvingiz, eng oxiri kofur qo'shib yuvingiz! Yuvib bo'lganingizdan keyin menga 
xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo'lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 
chaqirdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Avval shunga 
o'rangiz!» -dedilar».
Hafsa raziyallohu anho Ummu Atiyyaning mazkur rivoyatini eslab: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur deb 
hisoblasangiz, undan ham ko'proq yuvingiz!» - deganlar. Ummu Atiyya ersa: «Sochini 
uch o'rim qilib qo'ydik, deb aytgandi»,- deydilar.
13-bob. Vafot etgan xotinning sochini tarab qo'ymoq
Ibn Sirin: «O'likning sochini tarab qo'ymoqning zarari yo'qdir»,- deydilar.
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yuvg'uchi ayollar Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam qizlarining sochini tarab, uch o'rim qildilar, so'ng yuvdilar, so'ng yana 
tarab uch o'rim qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling