Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Etagi bukilgan yoki bukilmagan ko'ylakka kafanlamoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

21-bob. Etagi bukilgan yoki bukilmagan ko'ylakka kafanlamoq
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Ubay vafot etganda o'g'li 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh. otamni kafanlamak uchun 
menga ko'ylagingizni bersangiz, otamga janoza o'qib, Olloh taolodan unga talabi 
mag'firat qilsangiz!» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko'ylaklarini 
berib: «Menga xabar qilg'il, janoza o'qig'aydirman»,— dedilar. U Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamga xabar qildi. Janob Rasululloh janoza o'qimoq uchun jamoat 
oldiga o'tmoqchi bo'lganlarida Hazrat Umar kiyimlaridan tortib: «Olloh taolo sizga 
munofiqlarga janoza o'qimoqni man' etmaganmi?» - dedilar. Shunda Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Menga ikki yaxshilikdan birini tanlamak ixtiyori berilgandir. 
Olloh taolo: «Ular haqqiga ista, talabi mag'firat qilg'il, ista, talabi mag'firat qilmag'il! 
Agar ularga yetmish karra talabi mag'firat qilsang ham, Olloh taolo ularni mag'firat 
qilmag'aydir, degan»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn 
Ubayga janoza o'qidilar. Shunda: «Bulardan biror kishi o'lsa, sira ham janoza 
o'qimag'il!» - degan oyat nozil.bo'ldi»,
Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn 
Ubay dafn qilingandan keyin keldilar. Shunda qabrdan ul kishini chiqarmakni buyurdilar. 
Mayyit qabrdan chiqarilgandan so'ng, Janob Rasululloh uning badaniga tupuklarini 
surtib, egniga o'zlarining ko'ylaklarini kiydirib qo'ydilar».
22-bob. Ko'ylak kiydirmay kafanlamoq
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni sallasiz va ko'ylaksiz holda uch 
qavat qilib kafanladilar»,- deydilar.
23-bob. Salla kiydirmay kafanlamoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uch qavat 
yamaniy surp birlan kafanladilar. Kafan ichida salla ham, ko'ylak ham yo'q erdi».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling