24-bob. Kafanlik haqi mayyitdan qolgan molu mablag'dan chegirib qoling'aydir
Ato, Zuhriy, Amr ibn Dinor va Qatoda ham shundoq fikrdadirlar. Amr ibn Dinor:
«Mayyitga ishlatiladirgan xushbo'y narsalar, garchi undan qolgan molu mablag'ning
hammasi ketsa ham, xarid qiling'aydir»,- deydilar. Ibrohim an-Nakasiy: «Mayyitdan
qolgan molu mablag' avval kafan xarid qilmoq uchun, so'ng qarzini uzmoq uchun, undan
keyin ersa, meros uchun taqsimlang'aydir» - deydilar. Sufyon: «Go'rkov va g'assol haqi
ham kafanga ajratilgan mablag'dan to'lang'aydir»,-deydilar.
Sa'd ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhuga
taom keltirishdi. Ul kishi (ovqatlana turib): «Mus'ab ibn Umayr shahid bo'ldi. Ul mendan
ko'ra yaxshi erdi. Uyidan kafanlikka yaroqli biror narsa topilmadi. Uning birgina choponi
bor erdi, xolos. Keyin, Amir Hamza o'ldirildi. Ul ham mendan yaxshi erdi. Uning uyidan
ham kafanlik uchun biror narsa topilmadi. Uning ham bitta choponi bor erdi, xolos.
Oxiratda ko'rsatiladirgan yaxshilig'lar bizga bu dunyoda ko'rsatilyaptimikan, deb
qo'rqg'aymen»,- deya xo'ngrab yig'lay boshladilar (chunkim,ul kishi o'zlariga to'q odam
erdilar)».
25-bob. Mayyitni kafanlash uchun kiyimidan boshqa narsa topilmasa...
Sa'd ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Abdurrahman ibn Avfga (ro'zada) ogiz ochmoq
uchun taom keltirishdi. Shunda Abdurrahmon: «Mus'ab ibn Umayr shahid bo'ldi.
Vaholanki, ul mendan yaxshiroq erdi. (Kafanlik topilmay) birgina choponiga o'rab
ko'mdilar. Chopon kaltalig'idan oyog'ini yopsa, boshi ochilib qolar erdi, boshini yopsa,
oyog'i ochilib qolar erdi. Amir Hamza ham o'ldirildi, vaholanki, ul ham mendan yaxshiroq
erdi. Uni ham birgina choponiga o'rab dafn qildilar, Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi.
Varcha yaxshilig'larni shu dunyoda ko'rib, oxiratda hech narsa qolmasa erdi, deb
qo'rqg'aymiz»,- deya yig'lay boshladilar, hatto iftor vaqtida ovqatham yemadilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |