Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qabrlarni ziyorat qilmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

30-bob. Qabrlarni ziyorat qilmoq haqida
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr tepasida 
yig'lab o'tirgan bir ayolning yonidan o'tayotib unga: «Ollohdan qo'rqingiz, sabr 
qilingiz!»- dedilar. Xotin: «Yo'lingizdan qolmangiz, sizning boshingizga bundoq musibat


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
tushmagan-da!» -dedi. U Rasulullohni tanimas erdi. Odamlar xotinga: «Ul kishi 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erdilar»,-deyishdi. Shunda xotin Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning eshiklari oldiga keldi. Qarasa, eshik oldida (podshoh 
saroylarida bo'ladirgan) darvozabon yo'q. Xotin (ichkariga kirib) Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamga: «Sizni tanimabmen»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Odam boshiga musibat tushgan dastlabki kunlarda sabr-toqat qilmog'i kerak!» - 
dedilar».
31-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Agar mayyit hayotligida o'z 
ahlini o'likka aza tutganda (ortiqcha) yig'i-sig'i qilmakka o'rgatib qo'ygan 
bo'lsayu, o'zi o'lganda ahli unga aza tutib, oh-voh qilib yig'lasa, qabrida unga 
azob berilgaydir»,- deganlari
Olloh taolo: «Ey mo'minlar, o'zingizni va ahlingizni jahannam o'tidan saqlangiz!» - 
degan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har biringiz boshliqdirsiz va har biringiz o'z qo'l 
ostingizdagi kishilarga mas'uldirsiz. Agar mayyit hayotligida o'z ahlini o'likka aza 
tutganda, dod-voy qilib yig'lamakka o'rgatib qo'ygan bo'lmasa, (qabrida azob 
chekmag'aydir)»,- deganlar. Oisha onamiz aytganlaridek, birov birovning gunohi uchun 
gunohkor bo'lmag'aydir. Mana bul oyatning mazmuni ham xuddi shu xususda: «Agar 
birov o'zi qilgan gunohlarining ko'plig'idan alarni ko'tarolmay qolsa-yu, boshqa bir 
odamni chaqirib, unga: «Bir qismini o'zingga olg'il!» - desa, ul zarrachasini ham 
olmag'aydir.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling