Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Ovoz chiqarmay yig'lashga ruxsat berilganligi haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

Ovoz chiqarmay yig'lashga ruxsat berilganligi haqida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birov birovni nohaq o'ldirmag'aydir, mabodo 
nohaq o'ldirsa, Odam alayhissalomning to'ng'ich o'g'illari Qobil kenja o'g'illari Xobilni 
o'ldirgani sababli, uning gunohiga sherik bo'lg'aydir, chunkim, dunyoda ul birinchi bo'lib 
odam o'ldirmakni, nohaq qon to'kmakni odat qilgan shaxsdir!»- deganlar».
Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohning qizlari (Zaynab): 
«O'g'lim jon taslim qilay deyapti, ota, tezroq kelingiz!» - deb Janob Rasulullohga odam 
yubordilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, bunga javoban salom aytib: 
«Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida 
ularning umri aniq belgilab qo'yilgandir. O'ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning 
irodasiga bo'yinsunsin!»-deb aytib yubordilar. Qizlari: «Otam albatta kelsinlar!»-deb 
yana odam yubordilar. Bu gapni eshitib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'rinlaridan 
turdilar, ul kishi birlan birga Sa'd ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka'b, Zayd ibn 
Sobit va bir qancha kishilar ham turib, yo'lga tushdilar. Yetib borishgach, Rasululloh 
sallallohu, alayhi va sallamga bolani uzatishdi, bola mahmasa holatida (jon berish 
vaqtidagi holatda) erdi. Nazarimda, bola suvi yo'q meshdek qurigan-u, jon tanasidan 
chiqib ketayin, deb turgandek erdi. Buni ko'rib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
muborak ikki ko'zlaridan duvullab yosh oqdi. Shunda Sa'd: «Yo Rasululloh, bu 
nesidir?!»-dedilar. Janob Rasululloh: «Bu ko'z yoshi - Ollohning bandalari qalbiga solgan 
rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga rahm qilg'aydir (ya'ni, bu dod-voy solib 
yig'lagandagi ko'z yoshi ermasdir)»,- dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining 
(Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qabr yonida o'tiribdirlar-u, ko'zlaridan duv-duvyosh oqayotir. Nogahon, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi 
bordirmi?»-deb so'radilar. Shunda Talha: «Men»,-dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Undoq bo'lsa, qabrga tushg'il!»-dedilar. Talha (mayyitni qo'ygani) qabrga 
tushdilar».
Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada 
Usmon raziyallohu anhuning qizlari vafot etdi, janozasiga qatnashgani bordik. Janozaga 
Ibn Umar va Ibn Abbos raziyallohu anhular ham kelishdi. Ikkinchilari mening yonimga 
kelib o'tirdilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Usmonning o'g'li Amrga: «Xotinlarni 
yig'idan to'xtatsangiz-chi! Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o'z 
ahlining yig'isidan (qabrda) azoblang'aydir, deganlar-ku!» - dedilar. Shu yerda o'tirib Ibn 
Abbos menga bir voqeani aytib berdilar:
«Hazrat Umar birlan birga Makkai Mukarramadan (Madinaga) qaytib kelayotib Baydo' 
degan yerga yetganimizda, nogahon samura daraxtining soyasida turgan bkr jamoaga 
Hazrat Umarning ko'zlari tushdi. Hazrat Umar menga: «Borib qarag'ilchi, anavi jamoa 
kimlar erkan?» - dedilar. Borib qarasam, Suhayb (jamoasi) erkan. Hazrat Umarga kelib 
buni aytdim. «Menga chaqirib berg'il uni!» - dedilar, Men Suhaybning oldiga borib: 
«Turingiz, Amir ul-mo''mininga yetib olingiz!» - dedim. Hazrat Umar Madinaga 
borganlaridan so'ng, musibat sodir bo'lib (Hazrat Umarga bir odam pichoq urgan erdi) 
Suhayb «voy birodarim, voy do'stim»lab yig'lab kirdi. Shunda Hazrat Umar raziyallohu 
anhu: «Ey Suhayb, sen meni deb (dod solib) yig'layotirmisen? Vaholanki, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o'z ahlining (ba'zi bir) yig'isi sababli azoblang'aydir, 
deb aytganlar»,- dedilar.
«Hazrat Umar raziyallohu anhuning vafotlaridan so'ng, bu so'zni Oisha onamizga 
aytdim,- dedilar Ibn abbos raziyalloxu anhu,- shunda Oisha onamiz: «Hazrat Umarri 
Olloh rahmat qilsin! Olloh taologa qasamyod qilib ayturmenkim, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Mo''min odam o'lganda, ahli yig'lasa, Olloh taolo uni azoblag'aydir» - 
demaganlar. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kofir odam o'lganda, ahli 
yig'lasa, uni Olloh qattiq azoblag'aydir»»-deganlar. Sizlarga Qur'onning o'zi dalildir, 
birov birovning gunohi uchun azoblanmag'aydir»,- deb aytdilar. «Kuldirgan ham, 
yig'latgan ham Ollohning o'zidir!» - dedim. Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Ibn 
Umar raziyallohu anhu (Ibn Abbosning ushbu rivoyatini eshitib) hech narsa demadilar».
Amra binti Abdurrahmon Oisha onamizdan bundoq deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam bir yahudiy xotinning qabri yonidan o'tayotib, o'shal yerda 
uning qarindoshlari yig'lab o'tirganini ko'rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Bular xotinga aza tutib yig'lashmakda, xotin ersa, qabrda azoblanmakdadir»,- 
dedilar».
Abu Burdaning otalari bunday degan erkanlar: «Umar raziyallohu anhuga musibat 
(pichoq urilgan erdi) yetganda Suhayb raziyallohu anhu «voy birodarim» lab yig'lay 
boshladi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
«Mayyit tirikning yig'isi sababli azoblang'aydir, deganlarini bilmasmisen?» — dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling