Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
shamladir (butun badanni qamrab turadirgan kiyimdir)», -deyishdi. Men: «Ha,
topdingiz!» - dedim. Boyagi ayol Janob Rasulullohga: «Buni ataylab sizga o'z qo'lim
birlan to'qib, keltirdim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni o'zlariga
kerak
bo'lgani uchun old ilar, keyin ichkariga kirib (izor o'rniga) beldan pastlariga o'rab
chiqdilar. Shunda falonchi (Abdurrahmon ibn Avf): «Qandoq yaxshi erkan,
menga
kiydira qolingiz!»-dedi. Sahobalar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'zlariga kerak
bo'lgani uchun kiyib erdilar, yaxshi qilmading, so'ragan narSangni yo'q
demay
bermaklarini bilursen-ku!» - deyishdi. Abdurrahmon: «Ollohga qasamyod qilib
ayturmenkim, ko'ylakni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kiymoq uchun
so'raganim yo'q, uni o'zimga kafanlik qilib olib qo'ymoqchiman»,- dedi. O'shal ko'ylak
(keyinchalik) unga kafanlik bo'ldi».
Do'stlaringiz bilan baham: