Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ertalab e'tikofni tugatib chiqsa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet463/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

19-bob. Ertalab e'tikofni tugatib chiqsa.
Abu Sa'id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
Ramazonning ikkinchi o'n kunligida e'tikofga o'tirdik. Yigirmanchi kuni ertalab 
narsalarimizni ko'tarib, Rasulullohning xuzurlariga keldik. Shunda, Janob Rasululloh: 
«Kimki men birlan birga e'tikof qilgan bo'lsa, yana joyiga qaytsin (e'tikofni davom 
ettirsin), chunkim shul kecha menga Laylat ul-Qadr o'tadirgan kun ayon qilindi.
Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman»,- dedilar. Janob Rasululloh 
joylariga qaytdilar hamki, yomg'ir yog'a boshladi, Ollohga qasam ichib ayturmenkim
o'shal kuni kechgacha yomg'ir yog'ib, shox-shabba tashlangan masjid tomidan chakka 
o'tib ketdi. Keyin, men Janob Rasululloh (sajda qilayotganlarida) burunlariga loy 
tekkanini ko'rdim».
20-bob. Shavvol oyida e'tikofda o'tirmoq haqida.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har Ramazonda e'tikofga 
o'tirar erdilar. Bomdod vaqti bo'lgach, turib namoz o'qirdilar-da, yana qaytib e'tikofga 
o'tirardilar»,- deydilar. Oisha onamiz Janob Rasulullohdan e'tikofga o'tirmoqqa ruxsat 
so'raganlarida, unga ijozat berdilar. Shunda, Oisha raziyallohu anho o'zlariga chodir 
qurib oldilar. Buni eshitib, Hafsa ham o'zlariga chodir qurib oldilar. Keyin, Zaynab ham 
eshitib, chodir qurib oldilar.. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan so'yg 
kelib, to'rtta chodir turganini ko'rib, . «Bu nesidir?»-dedilar. Janob Rasulullohga chodirlar


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ayollariniki ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Ne sababdan bundoq qilishdi, yaxshi 
niyatdami? Olib tashlangiz, men ikkinchi ko'rmayin!»-deganlaridan so'ng, chodirlarni olib 
tashlashdi. Shundan keyin, Janob Rasululloh Ramazon oyidagi e'tikoflarini to'xtatib, 
Shavvol oyining oxirgi o'n kunligida uni davom ettirdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling