Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jazirama issiqda kiyim ustiga sajda qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

23-bob. Jazirama issiqda kiyim ustiga sajda qilmoq
Hasan Basriy aytib berganlar: «Sahobalar sajdaga bosh qo'yadirgan joyning nihoyatda 
issiqlig'idan qo'llarini kiyimlarining yengidan chiqarmay, salla va qalansuvalarini 
oldilariga qo'yib, ustiga sajda qilur erdilar».
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
namoz o'qir erdik. Shunda ba'zi birimiz sajdagohning qattiq issiqlig'idan kiyimimizning 
bir chetiga (etagi yoki yengini tortib qo'yib) sajdaga bosh qo'yar erdik».
24-bob. Poyabzalda namoz o'qimoq hukmi
Sa'id ibn Yazid aytib berganlar: «Anas ibn Molikdan Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam poyabzal kiyib namoz o'qirmidilar?» — deb so'radim, «На»,— dedi (poyabzalning 
tagi quruq bo'lsa, unda namoz o'qimoq mumkin, ammo tagi ho'l bo'lsa, najosat 
tekkanligi ehtimoli bor, uni yuvmoq lozimdir»,— deydilar Imom Hanifa)».
25-bob. Mahsida namoz o'qimoq
Hamom ibn Hars aytib berganlar: «Jarir ibn Abdullohni ko'rdim, u kishi peshob qildilar
keyin tahorat old ilar, mahsilariga mash tortib, so'ng turib namoz o'qidilar. Mash tortmoq 
to'g'risida u kishidan so'ralganda: «Janob Rasulullohning shunday qilganlarini 
ko'rdim»,— dedilar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Jarir ibn Adullohning bu gapi qavmga 
juda ma'qul keldi, chunki u eng keyingi sahobalardan erdi»,— deydilar».
Mug'iyra ibn Shu'ba aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tahorat 
uchun suv berdim (u kishi tahorat old ilar). Mahsilariga mash tortib, keyin namoz 
o'qidilar».
26-bob. Namozxon qiyomiga yetkazib sajda qilmasa (namozi qabul bo'lmaydi)
Abu Voil raziyallohu anhu aytib berganlar: «Huzayfa bir kishining ruqu'va sajdani 
qiyomiga yetkazmay namoz o'qiganini ko'rib, u namozini tugatgach: «Namoz 
o'qimading»,—dedi. Keyin, nazarimda, boyagi odamga: «O'lsang, Muhammad sallallohu 
alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmay o'lgan bo'lursan»,— dedi ham shekilli».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling