Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob It yalab qo‘ygan narsaning hukmi
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
27-bob It yalab qo‘ygan narsaning hukmi
505/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, u idishga suv oqizib qo‘ysin, so‘ngra yetti marta uni yuvsin», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «suv oqizib qo‘ysin» so‘zi keltirilmagan. 506/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning idishidan it suv ichib qo‘ysa, u idishni yetti marta yuvsin», dedilar. 507/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, yetti marta yuvib, bir marta tuproq ila ishqash orqali poklanadi», dedilar. 508/4. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib bir necha hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, yetti marta yuvish ila pok bo‘ladi», dedilar. 509/5. Ibn Mug‘affal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam itlarni o‘ldirishga buyurdilar. So‘ngra u zot: «Ularga nima bo‘ldi va itlarga nima bo‘ldi?» deb, keyin ov qiluvchi va qo‘ylarni qo‘riqlovchi itlarni boqishga ruxsat berdilar. Va yana u zot: «Agar idishlarni yalasa, uni yetti marta yuvib, sakkizinchisini tuproq bilan ishqalanglar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat ekinzorni qo‘riqlovchi itni ham boqishga ruxsat berganlari ziyoda qilingan. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 118 28-bob Oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan qaytarilgani haqida 510/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan man etdilar. 511/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz doimiy oqmay turib qolgan suvga bavl qilmasin, axir u suvda yuvinadi-ku», dedilar. 512/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib bir nechta hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oqmay turib qolgan suvga bavl qilma, axir u suvda yuvinasan-ku», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling