Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
So‘ngra u zot (ulovlariga) mindilar va men ham (ulovimga) minib
bir qavm oldida
to‘xtadik. Ular namozga tik turishgan edi. Abdurahmon ibn Avf ularga namoz o‘qib, bir
rakatini o‘qib bo‘lgandilar. Qachonki, u zot Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
kelganlarini his qilib orqalariga tisarilayotgandilar, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam u
zotga imo-ishora qildilar. Bas, u zot qavmga namoz o‘qib berdilar. (Namoz tugab) salom
bergandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turdilar va men ham
o‘rnimdan turib o‘tqazib yuborgan bir rakat namozni o‘qib (mukammal qildik)», deb
aytdilar.
498/2. Ibn Mug‘iyra otalaridan qilgan
rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam ikki mahsilari ustiga, boshlarining oldi tomoniga
va sallalari ustiga mash
tortdilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
499/3. Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ibn Mug‘iyradan eshitdim. U kishi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilib peshonalari, sallalari va mahsilari
ustiga mash tortdilar», deb aytdilar».
500/4. Bilol roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ikki mahsilari va ro‘mollari ustiga mash tortdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: