Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
122 Ibn Rumhni rivoyatlarida esa «agar e’tikofda o‘tirishgan bo‘lishsa», deb ko‘plik lafzi ila kelgan. 535/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shni bo‘lgan masjiddan boshlarini men tomonga chiqarardilar, men esa hayzli holatda bo‘lsam ham, boshlarini yuvib qo‘yar edim». 536/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men xonamdalik paytimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini men tomonga yaqinlashtirardilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, sochlarini tarab qo‘yar edim», dedilar. 537/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men hayzlik paytimda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini yuvib qo‘yar edim», dedilar. 538/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Masjiddan joynamozni olib ber!» degandilar, men: «Hayzli bo‘lib qoldim», dedim. Shunda u zot: «Hayzing o‘zingning qo‘lingda emas», dedilar». 539/7. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga masjiddan joynamoz olib berishimni aytganlarida, men: «Hayz holatidaman», dedim. Shunda u zot: «Uzatavergin, chunki hayz sening qo‘lingda emas», dedilar». 540/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddalik paytlarida: «Ey Oisha, menga kiyimni uzatib yubor», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Men hayz ko‘rganman», dedilar. Shunda u zot: «Hayz ko‘rish sening qo‘lingda emas», degandilar, u onamiz uzatib yubordilar. 541/9. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Hayzli holatimda (bir ichimlik) ichdim, so‘ngra uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatdim. U zot og‘zimni qo‘ygan joyga og‘izlarini qo‘yib ichdilar. Va yana hayzli holatimda suyakni g‘ajib, so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatsam, u zot men og‘zimni qo‘ygan joyga og‘izlarini qo‘ydilar», deb aytdilar. Zuhayr «so‘ng ichdilar» so‘zini zikr qildilar. 542/10. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo‘ynimga hayzli paytimda suyanib olib, Qur’on o‘qirdilar», deb aytdilar bu onamiz. 543/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Yahudiylar agar xotinlari hayz bo‘lib qolsa, ular bilan birga ovqatlanmas va uyda birga aralashib yurmas edi. Nabiy alayhissalomning sahobalari u zotdan (bu haqda) so‘rashganida, Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting, u ko‘ngilsiz - nopok narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz! Pok bo‘lganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan tarafdan kelingiz! Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi» (Baqara surasi, 222-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayzli xotinga nikohdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling