www.ziyouz.com kutubxonasi
123
boshqa barcha narsani qilaveringlar», dedilar. Bu xabar yahudiylarga yetganida, ular:
«Bu kimsa, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning ishlarimizning birortasini
qoldirmasdan qarshi chiqadi-ya», deyishdi. Bas, Usayd ibn Huzayr va Abbod ibn Bishrlar
kelib: «Ey Allohning rasuli! Yahudiylar unday va bunday deyishmoqda, biz ham
xotinlarga aralashmaylik», deyishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
yuzlari o‘zgarib ketdi. Hatto, u zotning g‘azablari keldi, shekilli, deb gumon qildik. U
ikkovlari chiqib turishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan
hadya kelib qoldi. U zot ularning orqalaridan yuborib sut ila siyladilar. (Uni
yuborganlaridan) bilishdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, demak, u ikkovlaridan
g‘azablanmagan ekanlar».
4-bob Maziy haqida
544/1. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi
kishilardan edim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashga hayo qilar
edim. Chunki u zotning qizlari turmush o‘rtog‘im edi. Miqdod ibn Asvadga buyurgan
edim, u bu haqda Rasululloh alayhissalomdan so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Olatini yuvib tahorat qiladi», dedilar», deb aytdilar.
545/2. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qizlari Fotima mening qo‘l
ostimda, ya’ni nikohimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan maziy
haqida so‘rashga uyalib, Miqdod roziyallohu anhuga buyurgan edim, u bu haqda u
zotdan so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U sababli tahorat lozim»,
dedilar», deb aytdilar.
546/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib: «Biz Miqdod ibn
Asvadni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga insondan maziy chiqqanda
nima bo‘lishi haqida so‘rash uchun yubordik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Tahorat qil va olatingni yuvgin», dedilar», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |