Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
121
HAYZ KITOBI
1-bob Hayzli ayolning ishtoni ustidan foydalanish haqida
528/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Bizlardan birortamiz
agar hayz ko‘rgan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farjini to‘sishni
buyurardilar. U ishton bilan kindik va tizza o‘rtasini to‘sar edi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam keyin u xotinlaridan foydalanardilar», dedilar.
529/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar
birortamiz hayz
ko‘rsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayz qoni chiqib turgan xotinlariga ishton
kiyib olishini buyurardilar-da, so‘ngra undan foydalanardilar», deb, yana u onamiz:
«Qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z a’zolariga molik bo‘lganlaridek
molik bo‘la oladi?» dedilar.
530/3. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam xotinlari hayz ko‘rganlarida, ularning ishtonlari ustidan foydalanar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: