Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 Muqaddima Bismillahir rohmanir rohiym Butun olamlar Rabbi Allohga hamd bo‘lsin. Ishlarning oqibati taqvodorlar uchundir. Payg‘ambarlar xotimasi Muhammad alayhissalomga va jamiki nabiy va Rasullarga salavotu durudlar bo‘lsin. Amma ba’du... Alloh senga rahm aylasin! Yaratganning tavfiqi bilan zikr qilinishicha, dinning amallari va ahkomlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan ma’sur xabarlarni bilish yo‘lida tadqiqot olib borishga qasd qilibsan. Bilginki, bu xabarlarda savob, iqob, targ‘ib qilish, qo‘rqitish va bundan boshqa har turlik sanadlar bor. Alloh seni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin! Sen mendan hamma narsani qamrab olgan avvalda takrori bo‘lmagan bir kitob ta’lif etishimni so‘rading. Chunki sen avvalgi katta-katta kitoblar dinni anglashda, ularni juz’iy hukmlarni olishda ma’lum mashaqqatlar tug‘diradi, degan gumonda ekansan. Alloh seni hurmat qilsin! So‘ragan narsangni mulohaza qilib ko‘rsam, inshoalloh, uning oqibati maqtalgan va manfaatli narsa ekan. Ayniqsa bu ishni tugatar ekanman, boshqa insonlardan ko‘ra o‘zim ko‘p naf olganimni bildim. Buning esa sabablari ko‘p, ularni zikr qilsam, gap cho‘zilib ketadi. Sabablaridan biri shuki, kishiga ozgina narsani chiroyli suratda ko‘pini muolaja qilishdan osonroq tuyuladi. Xususan, bu narsaning mohiyatini farqlay olmaydiganlar uchun shunday ko‘rinadi. Demak, vasf qilganimizdek, ozgina sahih (ishonarli) narsaga yetishish zaif narsaga erishgandan a’lodir. Ammo bu sohadagi narsalarni ko‘paytirishdan ba’zi manfaatlar umid qilinadi. Bunda ko‘proq ma’rifatli va uning sabablariyu, illatlarini biladigan kishilar uchundir. Ammo ma’rifatli, qalbi uyg‘oq, aytganlarimizning sabablari va illatlarini yaxshi biladigan kishilar manfaati nazarda tutiladi. Lekin ularning aksi o‘laroq, avom kishilarning ular uchun ko‘p narsani talab qilishlarida hech ma’no yo‘q. Chunki ular hatto ozroq narsani o‘rganishga ham ojizlik qilishadi. Inshoalloh, so‘ragan narsangni, ya’ni ushbu kitobda ta’lif etilgan hadislarni taxrij qilishni boshlayman. Avvalo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan xabarlarga suyanib, ularni takrorsiz uch qismga, zikri kelgan odamlarni esa uch tabaqaga bo‘ldik. Lekin shunday o‘rinlar ham borki, bir hadisning boshqasidan ziyodasi borligi yoki sanadida (hadisni rivoyat qilganlar)da illat mavjudligi uchun uni takroran keltirishga to‘g‘ri keladi. Chunki hadis rivoyat qilishda ba’zan ma’noni kengroq berishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu esa tom ma’nodagi hadis o‘rniga o‘tadi. Demak, ma’noda ziyodasi bo‘lgan hadisni qaytadan, ya’ni qisqa holda keltirishimiz yoki hadisni o‘sha muxtasar holida zikr etib, ma’nosini imkon boricha mufassalroq bayon etishimiz zarur bo‘ladi. Lekin batafsil keltirish qiyin bo‘lib qolsa, mashaqqat tug‘dirsa aslicha zikr etish bezarardir. Batafsil keltirishga hojat tug‘ilmagan hollarda shundog‘icha berishni ma’qul topdik. Birinchi navbatda ayblardan holi, saralangan, hadislarni naql qilishda istiqomatli, rivoyatida qattiq ixtilofi va o‘ta chigalligi bo‘lmagan kishilarning xabarini olishga qasd |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling