Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
4-bob
Ishonchsiz kishilardan rivoyat qilishdan qaytarish va ulardan hadis olishda ehtiyot bo‘lish haqida 12/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimning oxirida shunday kishilar paydo bo‘ladiki, ular na sizlar va na otalaringiz eshitmagan hadislarni aytishadi. Sizlar bunday qilishdan saqlanib, o‘zingizni ulardan yiroq tuting», dedilar. 13/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oxir zamonda yolg‘onchi dajjollar paydo bo‘lishadi. Ular na sizlar va na otalaringiz eshitmagan hadislarni olib kelishadi. Bas, ulardan chetlanib, o‘zingizni ulardan yiroq tuting. Sizlarni adashtirib, fitnalantirib qo‘ymasin», dedilar. 14/3. Omir ibn Abadadan rivoyat qilinadi. Abdulloh roziyallohu anhu: «Albatta shayton bir kishi suratida gavdalanadi. Bas, u bir qavmga kelib, ularga yolg‘on hadislarni aytadi, shunda ular tafriqa qilishadi. Ulardan bir kishi: «Bir odamdan eshitdim, uning yuzini taniyman-u, ammo ismini bilmayman, o‘sha hadis aytdi», deydi», dedilar. 15/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhu: «Albatta dengizga qamab qo‘yilgan shaytonlar bor. Ularni Sulaymon alayhissalom mahkamlab bog‘lab qo‘yganlar. Ularning chiqib, kishilarga Qur’on o‘qib berishi tez kunda sodir bo‘ladi», dedilar. (Izoh: Aslida o‘qigan narsasi Qur’ondan bo‘lmaydi, lekin odamlarni adashtirish uchun Qur’ondan, deb o‘qiydi). 16/5. Tovusdan rivoyat qilinadi. Bushayr ibn Ka’b Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlariga kelib, hadis ayta boshladilar. Shunda Ibn Abbos u kishiga: «Falon hadisga Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 10 qayt», dedilar. U kishi unga qaytdilar. So‘ngra hadis aytdilar. Va yana falon va falon hadisga qayt, dedilar. Bas, u kishi o‘sha hadisga qaytib: «Aytgan hadislarimning hammasini tan olib, buni inkor qildingmi yoki aytgan hadislarimning barchasini inkor qilib, buni tan oldingmi, bilolmay qoldim», deganlarida, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilar edik, chunki unga yolg‘on kiritilmas edi. Qachonki, odamlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketishganidan (ya’ni, yaxshi va yomon yo‘lning farqi qolmaganidan) keyin u zotdan hadis aytishni tark qildik», dedilar. 17/6. Tovusning o‘g‘illari undan qilgan rivoyatda Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz hadis yodlar edik. Hadis faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yodlanar edi. Ammo sizlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketganingizdan keyin (hadisingizga ishonish) juda qiyin», dedilar. 18/7. Mujohiddan rivoyat qilinadi. Bushayr al-Adaviy Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlariga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday deganlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar, deb gapira boshladi. Ibn Abbos uning gapiga quloq ham tutmadilar va unga qarab ham qo‘ymadilar. Shunda u: «Ey Ibn Abbos, nima bo‘ldi, hadisimga quloq solmayapsiz, sizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilsam, eshitmayapsiz, gapirsam, unga quloq tutayotganingizni ko‘rmayapman», deganida, Ibn Abbos: «Biz ilgari agar biror kishidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, degan so‘zni eshitsak, ko‘zlarimiz (uni ko‘rishga), quloqlarimiz esa eshitishga shoshardi. Qachonki, kishilar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketishganidan keyin odamlardan faqatgina bilgan narsalarimizni oldik, xolos», dedilar. 19/8. Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi. «Ibn Abbos roziyallohu anhuga bir (maktub) yozib, mendan maxfiy bo‘lib qolgan narsalar xususida bir kitob yozib berishlarini so‘radim. Shunda u zot: «Bu samimiy bola, men unga maxfiy bo‘lib qolgan narsaning xabarini beraman», dedilar. Ali roziyallohu anhuning qilgan hukmlarini olib kelishni buyurdilar. Va undan ba’zi narsalarni yozib va ba’zi narsani (yozmasdan) o‘tib (tashlab) ketdilar. «Allohga qasamki, Ali roziyallohu anhu bu bilan hukm qilmaganlar. Bunday hukmni faqat adashgan kishi qiladi», deb aytdilar». 20/9. Tovusdan rivoyat qilinadi. Ibn Abbos roziyallohu anhuga Ali roziyallohu anhu hukmlari yozilgan kitob keltirildi. Ibn Abbos roziyallohu anhu undan bir miqdorini qoldirib, qolganini o‘chirdilar. Sufyon ibn Uyayna o‘sha miqdorni bilaklari bilan ishora qilib ko‘rsatdilar. 21/10. Abu Ishoqdan rivoyat qilinadi. Ali roziyallohu anhudan keyin ana shu narsalarda (rofiza va shia kabi firqalar) yangilik olib kelishganda, Ali roziyallohu anhuning yaqinlaridan biri: «Alloh ilmni fasod qilganlarni halok etsin», dedi. 22/11. Mug‘iyra: «Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis tasdiqlanmas edi. Faqatgina Abdulloh ibn Mas’ud shogirdlari orqali qilingan bo‘lsagina, tasdiqlanar edi», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling