Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
3-bob
Har bir eshitgan narsasini gapirishdan qaytarish to‘g‘risida 6/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining har bir eshitgan narsasini gapirmog‘i yolg‘onchi ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Bu yerda mana shu hadis takror kelgan. 7/2. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Kishining har bir eshitgan narsasini gapirishi yolg‘onchi ekanligiga yetarlidir», dedilar. 8/3. Ibn Vahb aytdilar: «Molik menga: «Bilki, har bir eshitgan narsasini gapiraveradigan kishi (xatodan) omonda bo‘lmaydi. Va har bir eshitgan narsasini gapiraveradigan kishi hech qachon imom ham bo‘lmaydi», dedi». (Izoh: bu hadisda namozdagi imom nazarda tutilmagan. Hadisning ma’nosi shunday: «Har bir eshitgan hadisini rivoyat qilaveradigan kishi so‘zi e’tiborga olinadigan, Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 9 ergashiladigan kishilardan bo‘la olmaydi». Vallohu a’lam.) Bu yerda 7-raqamli hadis takror kelgan. 9/4. Abdurahmon ibn Mahdiy: «Kishi eshitgan narsalarining ba’zisini (gapirishdan) o‘zida tiyib turmagunicha iqtido qilinadigan imom bo‘la olmaydi», deb aytdilar. (Izoh: bu hadisda ham so‘zi e’tiborga olinadigan peshvo nazarda tutilgan.) 10/5. Sufyon ibn Husayndan rivoyat qilinadi. «Iyos ibn Muoviya mendan: «Sening Qur’on ilmiga muhabbat qo‘yganingni ko‘ryapman, menga bir surani o‘qib, tafsir qilib ber, uni qay darajada bilishingni ko‘rayin», deb so‘raganida, men uni(ng aytganini) qildim. Shunda u: «Senga aytadigan gaplarimni yodingda saqlab qol. Hadis xususida haqoratlanishdan ehtiyot bo‘l (ya’ni, to‘qima hadis aytib, odamlarning la’natiga giriftor bo‘lma… – tarj.). Chunki ba’zida kishi (to‘qima) hadisni aytib, o‘zi xor bo‘ladi. Hadisi yolg‘onga chiqariladi», dedi». 11/6. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Sen qavmga aqllari yetmaydigan biror hadisni aytmagin. Agar aytadigan bo‘lsang, ularning ba’zilariga fitna bo‘ladi», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling