Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 31/9. Ali ibn Shaqiqdan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Muborak odamlar oldida: «Amr ibn Sobit rivoyat qilgan hadislarni tark qilinglar. Chunki u salaflarni so‘kadi», dedilar. 32/10. Abu Aqiyldan rivoyat qilinadi. «Qosim ibn Ubaydulloh va Yahyo ibn Said huzurlarida o‘tirgan edim. Yahyo Qosimga: «Ey Abu Muhammad, ya’ni Qosim sizga o‘xshash kishilardan din ishidan biror narsa so‘ralsa-da, senda u haqda na ilm, na yengillik va na muammoni yechib beradigan yo‘l bo‘lmasa, juda xunuk ishdir», deganlarida, Qosim u kishiga: «Nega bunday deyapsan?» dedi. Shunda u kishi: «Chunki siz hidoyatga boshlovchi ikki imom – Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning farzandisiz», dedilar. Qosim u kishiga: «Ilmsiz gapirishim yoki ishonchli bo‘lmagan odamdan hadis olishim Alloh tarafidan ilm berilgan kishi nazdida bundan ham xunukroqdir», dedilar. Buni eshitib, u kishi javob bera olmay sukut qildilar». 33/11. Abu Aqiyldan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning farzandlaridan bir narsa haqida so‘ralganida, u kishida bu haqda ilm yo‘q edi. Yahyo ibn Said: «Sen kabi kishidan biror narsa haqida so‘ralsa-da, u haqda senda ilm bo‘lmasligini katta ish deb bilaman. Axir sen hidoyatga boshlovchi ikki imom Umar va Ibn Umarning o‘g‘lisan», deganida, u zot: «Allohga qasamki, Alloh huzurida va Alloh tarafidan ilm berilgan kishi huzurida ilmsiz gapirishim yoki ishonchsiz kishidan xabar berishim bundan-da kattaroqdir», dedilar. Ikkovlari bu haqda gaplashishganiga Abu Aqiyl Yahyo ibn Mutavakkil guvoh bo‘ldilar. 34/12. Yahyo ibn Said: «Sufyon Savriy, Sho‘‘ba, Molik va Ibn Uyaynalardan hadisda ishonchli bo‘lmagan kishi haqida so‘radim. Bir kishi kelib, mendan u haqda so‘rayapti, desam, ular: «U kishi rivoyat qilgan hadis ishonib bo‘lmasligining xabar ber», deyishdi», dedilar. 35/13. Nazrdan rivoyat qilinadi. (Abdulloh) ibn Avn roziyallohu anhudan Shahr nomli kishi hadisi haqida so‘ralganida, u zot eshik ostonasiga turib olib: «Albatta Shahr ta’na qilingandir. Albatta Shahr ta’na qilingandir», dedilar. (Ya’ni, u hadisda ishonchsizdir.) Imom Muslim: «Ibn Avn: «Odamlar Shahrni ayblashgan, uni (yomonlab) gapirishgan», deb aytgan», dedilar. 36/14. Sho‘ba: «Men Shahr ismli kishiga yo‘liqib, uning hadisiga e’tibor bermadim», dedilar. 37/15. Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilinadi. «Men Sufyon Savriyga: «Sen Abbod ibn Kasirning holatini bilasan. Agar u hadis aytsa, katta ishni (xatoni) olib keladi. Men odamlarga undan (hadis) olmanglar, deb aytishimni maslahat berasanmi?» deganimda, Sufyon: «Ha», dedilar». Abdulloh: «Agar biror majlisda bo‘lsam, u yerda Abbod zikr qilinadigan bo‘lsa, uning dindagi holatini maqtardim va undan (hadis) eshitmanglar, deb aytib qo‘yardim», dedilar. Abdulloh ibn Muborak aytdilar: «Sho‘‘ba huzurlariga borsam, u zot: «Bu Abbod ibn Kasirdir, undan ehtiyot bo‘linglar», dedilar». 38/16. Iso ibn Yunusdan rivoyat qilinadi. «Men Abbodning eshigi oldida tursam, Sufyon uning huzurida ekanlar. U yerdan chiqqanlarida Abbod haqida so‘rasam, u zot menga uning yolg‘onchi ekanining xabarini berdilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling