Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 39/17. Muhammad ibn Yahyo ibn Sa’iyd al-Qatton otalaridan qilgan rivoyatlarida otalari: «Solihlarning hadisdan boshqa biron narsada yolg‘on gapirishlarini ko‘rmaymiz (ya’ni, ular zaif hadislarni rivoyat qilib, qasd qilmagan holda, bilmasdan yolg‘on gapirib qo‘yishardi)», dedilar. Ibn Abu Attob aytdilar: «Bu haqda Abu Muhammad ibn Yahyo ibn Sa’iyd al-Qattondan so‘rasam, u zot otalaridan rivoyat qilib: «Yaxshilik ahllarining hadisdan boshqa narsada yolg‘on ishlatishlarini ko‘rmaysan», dedilar». Imom Muslim: «Ularning tillarida yolg‘on aylanardi, lekin yolg‘onni qasd qilishmas edi, deb aytyaptilar», dedilar. 40/18. Xalifa ibn Muso aytdilar: «G’olib ibn Ubaydulloh huzuriga kirsam, u zot menga: «Makhul menga aytdilar, Makhul menga aytdilar», deb yozdirib turganlarida siydiklari qistashi bezovta qilib chiqib ketdilar. Men turib qog‘ozlariga qaradim. Unda Abon Anasdan va Abon falonchidan, deyilgan ekan. Men uni tark qilib o‘rnimdan turdim. (Keyin) Hasan ibn Ali Hulvoniydan eshitdim, u zot: «Affonning kitoblarida Hishom Abulmiqdom hadislarini va Umar ibn Abdulazizning hadislarini ko‘rdim», derdilar. Hishom: «Menga falonchi o‘g‘li Yahyo unga esa Muhammad ibn Ka’b aytib bergan», dnr edi. Shunda men Affonga: «Hishom Muhammad ibn Ka’bdan eshitgan ekan», desam, u zot: «Bu hadisda mana shu tomondan balolanildi. (Avval) Yahyo Muhammaddan eshitgan (hadisni) menga aytib berdi, deb so‘ngra (bevosita) Muhammaddan eshitganini da’vo qildi», dedilar». 41/19. Abdulloh ibn Usmon ibn Jabaladan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga «Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuning «Fitr kuni mukofot kuni.....», deb aytgan hadislarini kimdan rivoyat qilgansiz?» desam, «Sulaymon ibn Hajjojdan», undan olgan narsangga qaragin», deb Sulaymonni maqtab qo‘ydilar. Abdulloh ibn Muborak: «(Men) «Dirham miqdoricha qon oqqan kishi» hadisini rivoyat qilgan Ravh ibn G’utayfni ko‘rdim. Uning yoniga o‘tirdim. Va uning rivoyat qilgan hadisi karih ko‘rilgani uchun oldida o‘tirishimni do‘stlarim ko‘rib qolishidan hayo qildim», dedilar». 42/20. Ibn Muborakdan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Baqiyya ismli roviy rostgo‘y kishidir. Lekin ishonchli va zaif kishilardan ham (hadis) olaveradi», dedilar. 43/21. Sha’biy: «Horis al-A’var al-Hamdoniy menga (hadis) aytib berar edi. Va u yolg‘onchi edi», dedilar. 44/22. Mug‘iyra aytadilar: «Sha’biyning: «Horis al-A’var menga hadis aytdi», deganini eshitdim. Holbuki, Sha’biy uni yolg‘onchilarning biri, deb guvohlik berar edi». 45/23. Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Alqama: «Qur’onni ikki yilda o‘qidim», dedilar. Horis esa: «Qur’on yengil, yozish undan murakkabroqdir», dedi. 46/24. Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Horis: «Qur’onni uch yilda, yozishni esa ikki yilda ta’lim oldim», dedi. Yoki «Yozishni uch yilda, Qur’onni esa ikki yilda…», deb aytdi. 47/25. Ibrohim: «Horis (hadis rivoyat qilishda zaif, deb) ayblangan», dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling