Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 62-bob Birovning molini tortib olishni qasd qilgan, uning haqqida qon to‘kishni qasd etgani, agar o‘ldirsa, do‘zaxga tushishi kim moli himoyasi yo‘lida o‘ldirilsa, shahid ekani haqida 285/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Agar biror kishi kelib, molimni tortib olishni xohlasa, nima qilay?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Molingni berma», dedilar. U kishi: «Agar men bilan urushsa-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ham urush», dedilar. U kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen shahidsan», dedilar. U kishi: «Agar uni o‘ldirsam-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxdadir», dedilar. 286/2. Umar ibn Abdurahmonning qullari Sobit xabar berishicha, Abdulloh ibn Amr bilan Anbasa ibn Abu Sufyon o‘rtalarida urushga sabab bo‘luvchi narsa sodir bo‘lganida, Xolid ibn Oss otiga minib, Abdulloh ibn Amr huzuriga bordi va unga va’z-nasihat qildi. Shunda Abdulloh ibn Amr: «Bilmaysanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim moli (himoyasi) yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deb aytganlar», dedi. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 63-bob Qo‘l ostidagilarni aldagan voliyga do‘zax bo‘lishi muqarrarligi haqida 287/1. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod Ma’qal ibn Yasor al-Muzaniyning o‘limlariga sabab bo‘lgan kasalliklarida ziyoratlariga kirganlarida, Ma’qal roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitganman, agar hayotim davom etishini bilganimda uni gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Alloh) qaysi bir qulini xalqqa boshliq etsa-yu, u o‘layotgan paytida ham xalqni aldagan holida o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», dedilar», deb aytdilar. 288/2. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu kasalliklarida huzurlariga kirib, u zotdan so‘raganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Men senga bir hadisni aytib beraman, uni senga gapirmagan edim. Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh biror qulini xalqqa boshliq etsa-yu, o‘layotgan paytida ham ularni aldagan holda o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», dedilar», deb aytdilar. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu: «Budan oldin menga buni gapirmaganmidingiz?» deganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Gapirmadim» yoki «Gapirmagan edim», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 289/3. Abu Mulayh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhuning kasallik paytlarida ziyoratlariga kirganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Men senga bir hadisni gapirib beraman, agar o‘lim holatida bo‘lmaganimda uni senga gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror amir musulmonlar ishida bopgliq bo‘lsa-yu, keyin ularga kuchini sarf Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 64 qilmasa va nasihat qilmasa, ular bilan birga jannatga kirmaydi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling